O‘zbekiston Global innovatsiya indeksida 79-o‘rinni egalladi
O‘zbekiston 2015-yilda indeksga ilk bor kirgan bo‘lib, 141 mamlakat orasida 122-o‘rinni egallagan. 2024 yilda esa 132 mamlakat ichida 83-o‘rinni qayd etgan edi.

Jahon intellektual mulk tashkiloti (WIPO) tomonidan e’lon qilingan Global innovatsiya indeksi – 2025-yilgi hisobotiga ko‘ra, O‘zbekiston 139 ta mamlakat orasida 79-o‘rinni egalladi.
Ma’lumot uchun, ushbu reyting har yili sentabr oyida e’lon qilinadi hamda 2 ta subindeks va 7 ta yo‘nalish bo‘yicha birlashtirilgan qariyb 80 ta indikator asosida tuziladi.
O‘zbekiston 2015-yilda indeksga ilk bor kirgan bo‘lib, 141 mamlakat orasida 122-o‘rinni egallagan. 2024 yilda esa 132 mamlakat ichida 83-o‘rinni qayd etgan edi.
2025 yilgi natijalarga ko‘ra:
Innovation input (sarmoya va resurslar) subindeksida – 69-o‘rin,
Innovation output (natijadorlik) subindeksida – 92-o‘rin qayd etildi.
Baholangan 78 indikator ichida:
36 ta ko‘rsatkichda ijobiy o‘sish,
7 tasi o‘zgarishsiz.
Yo‘nalishlar kesimida O‘zbekiston quyidagi natijalarga erishdi:
“Inson kapitali va ilmiy tadqiqotlar” (+12 o‘rin),
“Infratuzilma” (+1),
“Bozor rivojlanishi” (+4),
“Bilim va texnologiya mahsulotlari” (+10) — ijobiy o‘zgarishlar,
“Biznesni rivojlantirish” (-4),
“Ijodiy mahsulotlar” (-1) — pasayish,
“Boshqaruv institutlari sifati” — o‘zgarishsiz qoldi.
Daromad darajasi bo‘yicha O‘zbekiston quyi o‘rta daromadli mamlakatlar guruhida 37 davlat ichida 7-o‘rinni (2024-yilda 10-o‘rin), Markaziy va Janubiy Osiyo bo‘yicha esa Hindiston va Eron ortidan 3-o‘rinni (2024-yilda 4-o‘rin) egalladi.







