O'zbekiston

Prezident Norindagi korxona faoliyati bilan tanishdi

“Fishvel Norin” loyihasi aholi uchun minglab tonna mahsulot va yuzlab ish o‘rni yaratmoqda.

Prezident Norindagi korxona faoliyati bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyati Norin tumanidagi “Fishvel Norin” korxonasi faoliyati bilan tanishdi.

 

Baliqchilik ham aholi salomatligi, ham oziq-ovqat xavfsizligida muhim o‘rin tutadi. Baliq mo‘l bo‘lishi boshqa go‘sht mahsulotlari narxiga ijobiy taʼsir qiladi. Uni xonadonlarda boqish oilalarga qo‘shimcha daromad olib keladi. 

 

Mamlakatimizda baliqchilik tarmog‘ini rivojlantirishga ana shu jihatdan yondashilmoqda. Sersuv tumanlarda investitsiya va kooperatsiya loyihalari faol qo‘llab-quvvatlanmoqda.

 

“Fishvel Norin” korxonasi 3 million dollar hisobiga shunday loyiha boshlagan. Ikki gektardan ziyod hududda 76 ta innovatsion havza tashkil etilgan. Hozirgi kunda shundan 40 tasi ishga tushirilgan bo‘lib, super intensiv usulda gulmohi balig‘i yetishtirilmoqda. Umuman, bu yerda yiliga 2 ming tonna tansiq go‘sht yetishtirib, 5 million dollarlik eksport qilish mo‘ljallangan.

 

Muhim tomoni, korxona mahalliy aholini baliq yetishtirishga o‘rgatyapti. Xo‘jaqo‘rg‘oncha mahallasidagi 25 ta xonadon klaster bilan kooperatsiya qilib, har biri yiliga 150 million so‘mgacha daromad ko‘ryapti.

 

Buni yana-da kengaytirib, Norin va Uchqo‘rg‘on tumanlaridagi 100 ta oilani baliqchilikka jalb etish rejalashtirilgan. Jumladan, 2 ming tonna gulmohidan 500 tonnasi xonadonlarda yetishtiriladi. Natijada 300 dan ziyod kishi ish bilan taʼminlanadi. 

 

Baliqchilik rivojlangani yana bir yo‘nalishni vujudga keltirdi – korxona yonida zamonaviy restoran ham barpo etildi. Unda baliqdan turli xil taomlar tayyorlanib, mehmonlarga taklif qilinadi. Bu turizm va boshqa xizmatlar kengayishiga ham hissa qo‘shyapti.

 

Prezidentimiz mutasaddilarga respublika bo‘yicha gulmohi yetishtirish mumkin bo‘lgan tumanlarni aniqlab, mazkur tizimni ommalashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Niderlandiyalik hamkorlar bilan baliq ozuqasi ishlab chiqarish, Norindagi tik quduqlar yonida sunʼiy hovuzlar o‘rnatib, aholiga bo‘lib berish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

 

Ayni paytda Namangan viloyatida meliorativ quduqlar atrofida davlat-xususiy sheriklik asosida yana 34 ta intensiv basseyn barpo etilgan. Yana bir jihat shundaki, baliq boqilgan suv minerallarga boyishi evaziga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishda ishlatilmoqda. Bunda xorijlik mutaxassislar tajribasiga tayanilmoqda.

 

Shu yerda davlatimiz rahbariga “Islohotlar shtabi” faoliyati yuzasidan axborot berildi. Qayd etilganidek, tadbirkorlar bilan birgalikda 1 milliard dollarlik loyihalar amalga oshirilmoqda. Ularning natijasida jami 12 ming ish o‘rni, byudjetga qo‘shimcha 200 milliard so‘m tushum, 160 million dollar eksport manbai paydo bo‘ladi.

 

Jumladan, shunday manzilli ishlar orqali Mingbuloq va Norin tumanlari iqtisodiyotini yaxshilash ko‘zda tutilgan. Aholiga tayyor loyihalar berib hamda kasbga yo‘naltirib, bandligini taʼminlash choralari belgilangan.

 

Prezidentimiz Norin tumanidagi “Rasulov G‘ofurjon o‘g‘li Bahodir” fermer xo‘jaligi dalasida ham bo‘lib, paxta terimini ko‘zdan kechirdi. Bu yerda xorijiy go‘za navi ekilib, yuqori hosil yetishtirilgan. Kimyoviy ishlov berishga uchuvchisiz apparatlar, terimga zamonaviy mashinalar jalb etilgan. Ular yordamida paxta nest-nobud qilinmay, toza terib olinyapti

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Prezident Norindagi korxona faoliyati bilan tanishdi | Zamon.uz