O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev Namanganda hududiy rivojlanish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi

Viloyatda 323 ming kishi ish bilan ta’minlanadi, 26 ming oila kambag‘allikdan chiqariladi.

Shavkat Mirziyoyev Namanganda hududiy rivojlanish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 16-sentabr kuni Namangan viloyatining Uychi tumanida hududni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

 

So‘nggi yillarda Namanganda iqtisodiyot va ijtimoiy sohada katta natijalarga erishildi. Jumladan, so‘nggi sakkiz yilda viloyatga 7 milliard dollarlik xorijiy investitsiya jalb qilindi, 8 mingga yaqin yangi korxona ishga tushirildi. Eksport qilinadigan mahsulotlar soni ikki barobarga oshib, mingdan ortiq turga yetdi.

 

Bugun viloyat aholisining 82 foizi kichik biznes va tadbirkorlik orqali daromad topmoqda. So‘nggi yillarda o‘rtacha real daromadlar uch barobar oshgani bois, odamlar o‘zgarishlarni bevosita kundalik hayotida his qilmoqda.

 

Yig‘ilishda kelgusida erishiladigan ustuvor vazifalar belgilandi. Jumladan, yil yakuniga qadar:

 

4,2 milliard dollar investitsiya jalb qilish,

 

eksport hajmini 1 milliard dollarga yetkazish,

 

323 ming kishini ish bilan ta’minlash,

 

26 ming oilani kambag‘allikdan chiqarish topshirildi.

 

Prezident “Taraqqiyot va yetakchilik maskani” dasturini amalga oshirish tashabbusini ilgari surdi. Bu dasturning ilk bosqichida mamlakat bo‘yicha 328 ta eng og‘ir ahvoldagi mahalla qamrab olinadi.

 

So‘nggi ikki yilda viloyatda kambag‘allik darajasi 2,5 barobar qisqargani, tadbirkorlik loyihalari ko‘paygani va o‘rtacha ish haqi oshgani natijasida 62 ming nafar mehnat muhojiri vatanga qaytib kelgani qayd etildi.

 

Bugungi kunda Namangan sanoatining uchdan bir qismi, eksportining yarmi to‘qimachilikka to‘g‘ri kelmoqda. Hudud tadbirkorlari xalqaro brendlar bilan ishlashda respublikada yetakchi hisoblanadi. Shu bois viloyatda alohida loyiha ofisi tashkil etilib, xalqaro hamkorlik kengaytiriladi.

Yil oxirigacha chet el sertifikatiga ega to‘qimachilik korxonalari soni 50 taga yetkaziladi, Varshava va Londonda savdo uylarini tashkil etish rejalashtirilmoqda.

 

Yil boshidan beri Namanganga 1,2 million xorijiy va 2 million mahalliy sayyoh tashrif buyurdi. Turizm eksporti 200 million dollardan oshdi. Shu munosabat bilan viloyatning eng jozibali hududi – Chortoq tumanida turizm infratuzilmasini tubdan rivojlantirish vazifasi qo‘yildi.

50 million dollarlik loyihalar hisobidan Chortoq vodiy turizm markaziga aylantiriladi. Shuningdek, Aroshan ko‘li atrofida yiliga 1 million sayyohni qabul qila oladigan majmua barpo etiladi.

 

Transport, suv ta’minoti va ta’lim sohasidagi muammolar ham muhokama qilindi.

 

Noringa 480 metrli yangi ko‘prik qurilmoqda.

 

Namangan va Andijonni bog‘lovchi 63 yil oldin qurilgan ko‘prik rekonstruksiya qilinmoqda.

 

“Pungon–Namangan” yo‘li 246 million dollar hisobiga to‘rt polosali qilib yangilanadi.

 

Viloyatdagi ichimlik suvi va kanalizatsiya tizimini yaxshilash uchun 800 milliard so‘m ajratildi.

 

Yaqinda Namangan aholisi bir million nafarga yetishi kutilayotgani bois, maktabgacha ta’lim muassasalari sonini oshirish alohida vazifa sifatida qayd etildi.

 

Shuningdek, 49 ta texnikumda xalqaro standartlarga asoslangan dual ta’lim joriy etilishi, “Faol hayotga qadam” dasturi doirasida ijtimoiy xizmatlar kengaytirilishi belgilandi.

 

Bugun biz Namanganni rivojlantirish, aholining turmush sharoitini yanada yaxshilash bo‘yicha yangi marralarni belgilab oldik. Agar birlashib ishlasak, bundan ham katta natijalarga erishamiz. Tadbirkor va mehnatsevar namanganliklar bilan bu viloyatni mamlakatimizning eng obod va farovon hududiga aylantiramiz, – dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev.

 

Yig‘ilishda hudud rahbarlari va tadbirkorlarning hisobotlari tinglandi, jamoatchilik bilan ochiq muloqot bo‘ldi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Shavkat Mirziyoyev Namanganda hududiy rivojlanish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi | Zamon.uz