O'zbekiston

1 noyabrdan elektron portaldan olingan maʼlumotlar qog‘oz hujjatga tenglashtiriladi

Mahallalarda aholiga oid ma’lumotlarni yuritish “Raqamli mahalla” platformasi orqali amalga oshiriladi.

1 noyabrdan elektron portaldan olingan maʼlumotlar qog‘oz hujjatga tenglashtiriladi

O‘zbekistonda elektron davlat xizmatlarini yanada takomillashtirish va aholining ulardan foydalanish imkoniyatini kengaytirish bo‘yicha yangi chora-tadbirlar belgilandi. 2025-yil 16-sentabrda qabul qilingan Prezident qaroriga ko‘ra, “Raqamli hukumat” dasturi doirasida 41 ta ustuvor loyiha amalga oshiriladi hamda elektron xizmatlar ulushi 70 foizga yetkaziladi.

 

Qarorga muvofiq, 2025-yil 1-noyabrdan mobil aloqa operatorlari, tijorat banklari va to‘lov tashkilotlari mobil ilovalar orqali Yagona portalda pulli davlat xizmatlarini taqdim etadi. 1-dekabrdan esa nodavlat notijorat tashkilotlariga idoralararo raqamli hamkorlik qilish huquqi beriladi.

 

2026-yildan boshlab fuqarolarning ijtimoiy yordam olish uchun murojaatlari, mahallalarda aholiga oid ma’lumotlarni yuritish va ular bilan ishlash jarayonlari “Raqamli mahalla” platformasi orqali amalga oshiriladi. Shuningdek, nogironlikni belgilash, talabalar uchun uy-ijara to‘lovini qisman qaytarish hamda ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish jarayonlari ham elektron tizimga o‘tkaziladi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

1 noyabrdan elektron portaldan olingan maʼlumotlar qog‘oz hujjatga tenglashtiriladi | Zamon.uz