AQSH va Xitoy TikTok bo‘yicha kelishuvga erishdi
Ijtimoiy tarmoq amerikalik investorlar qo‘liga o‘tadi.

Bloomberg maʼlumotlariga ko‘ra, platforma Oracle, Andreessen Horowitz va Silver Lake investitsiya kompaniyalari ishtirokidagi konsorsiumga sotiladi.
Kelishuvga muvofiq, TikTok‘ga egalik qiluvchi xitoylik ByteDance kompaniyasining ulushi 20 foizdan kamroq darajaga tushiriladi. Bu qadam AQSH qonunchiligi, xususan milliy xavfsizlik talablariga moslashish va platformaning mamlakatda faoliyat yuritishini taʼminlash maqsadida amalga oshirilmoqda.
The Wall Street Journal xabariga ko‘ra, amerikalik investorlar TikTok‘ning taxminan 80 foiz aksiyasini qo‘lga kiritadi. Shuningdek, dastlabki kelishuvga binoan, platformani boshqarish uchun maxsus yangi Amerika kompaniyasi tashkil etilishi rejalashtirilgan.







