Bo‘stonliqda “Genderga yo‘naltirilgan byudjetlashtirish tamoyillari” mavzusida trening bo‘lib o‘tdi
Seminarda – OAV vakillariga axborot uzatishda axloqiy normalarga e’tibor qaratish haqida ma’lumot berildi

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida “Oila va xotin-qizlarni qo’llab quvvatlash” markazi tomonidan “Genderga yo‘naltirilgan byudjetlashtirish tamoyillari” mavzusida trening tashkil etildi. Treningda Ommaviy Axborot Vositalari, Oliy o‘quv yurtlari professor o‘qituvchilari, Xalqaro valyuta jamg‘arma direktori - Kristin Laga, O‘zSuvTa‘minot direktori - Akmal Murodov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh Vazir o‘rinbosari - Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi - Zulayho Mahkamova Baxriddinovna, Osiyo Taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi doimiy vakolatxona direktori Kanokpan Lao Araya ishtirok etdi.
Treningda Gender byudjetlashtirish tizimini tashkil etish - ayollarni yer va mulkka egalik qilishi, iqtisodiyotni yuqori daromadli tarmoqlarida ayol vakillarining yetarli emasligi kabi ko‘rsatkichlarini bartaraf etish, zo‘ravonlikni tarqalishi, yosh nikohlar darajasini oshishini oldini olish, toza yoqilg‘i turlaridan foydalanilgan uy-joylardan istiqomat qiluvchi ayollar ulushini oshirish, milliy parlamentlarda ayollar ulushini oshirish kabi masalalarni amalga oshirishda yordam berishi haqida fikrlar almashildi.
Gender byudjetlashtirish – davlat byudjetini ayollar va erkaklarga teng taqsimlash emas balki ayollar va erkaklarning ehtiyojlarini muvofiqlashtirish hisoblanadi.
Mamlakatimizda har yili ayollar ehtiyojlarini qoplash maqsadda davlat byudjetidan katta mablag‘ ajratiladi. Genderga yo‘naltirilgan byudjetlashtirish tizimi: ayollar, qizlar va aholining zaif qatlamini hisobga olgan holda davlat resurslarini yanada adolatli taqsimlash, inklyuziv, shaffof va natijaga yo‘naltirilgan davlat moliyasini ta‘minlashda xizmat qiladi. Mamlakatimizda bu tizimning joriy etilishi davlat byudjetlari mablag‘larining erkaklar va xotin-qizlar uchun adolatli taqsimlanishi balki davlat moliyasini boshqarishda shaffoflik, hisobdorlik va samaradorlikni oshirishda ham xizmat qiladi. Shuningdek 2025-yilda davlat byudjeti parametrlarida xotin-qizlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash maqsadlari uchun ajratilgan mablag‘ umumiy 14,4 trln so‘mni tashkil etadi. Jumladan ko‘p farzandli va kam ta‘minlangan oilalarga nafaqalar uchun 7,4 trln so‘m, ayollar va bolalar salomatligi bilan bog‘liq xarajatlar uchun 1,5 trln so‘m, ta‘lim krediti uchun davlat byudjetidan tijorat banklariga maqsadli resurslar ajratish uchun 1,4 trln so‘m, byudjet tashkilotlarida faoliyat yurituvchi ayollarning homiladorlik nafaqalari uchun 1 trln so‘mdan ortiq mablag‘ni tashkil etadi deya ma’lum qildi gender masalalari bo’yicha ekspert Dildora Tadjibayeva.







