O'zbekiston

Prezident Namangandagi yangi korxonaga bordi

Davlat rahbari korxonadagi ish jarayoni bilan tanishdi, xodimlar bilan suhbatlashdi.

Prezident Namangandagi yangi korxonaga bordi

Prezident Shavkat Mirziyoyev To‘raqo‘rg‘on tumanidagi “Iftixor kiyim sanoat” klasterining yangi korxonasi faoliyati bilan tanishdi.

 

Namangan to‘qimachilik bo‘yicha mamlakatimizda yetakchi. Viloyat sanoatining uchdan biri, eksportining yarmi shu sohaga to‘g‘ri keladi. Bugungi kunda 2 ming 500 ga yaqin to‘qimachilik korxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda. Ular 250 ga yaqin brendlar ostida mahsulot tayyorlab, yuz mingdan ortiq insonni yuqori daromad bilan taʼminlayapti.

 

Sanoat rivojiga qo‘shimcha sharoit yaratish maqsadida “Namangan” erkin iqtisodiy zonasi To‘raqo‘rg‘on tumaniga kengaytirilgan edi. Yigirmaga yaqin loyiha qatorida bu yerda “Iftixor kiyim sanoat” klasterining yangi korxonasi ham barpo etildi.

 

13 avgust kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida davlatimiz rahbari to‘qimachilik korxonalarining yirik brendlar bilan hamkorligi masalasiga alohida urg‘u bergan edi. “Iftixor kiyim sanoat”da shunday tizim yo‘lga qo‘yilgan. Bu yerda “Bugatti”, “Pierre Cardin”, “Roy Robson”, “Baldessarini”, “Lavard”, “Jake‘S”, “Engbers”, “Cinque”, “Walbusch” kabi mashhur brendlar buyurtmalariga ko‘ra mahsulot tayyorlanmoqda. Namanganda tikilgan kiyimlar Yevropa do‘konlarida sotilmoqda.

 

Bundan tashqari, “Mercedes-Benz”, “BMW”, “Rolls-Royce” kabi avtomobillar uchun o‘rindiq matolari ham ishlab chiqarilmoqda. Mazkur yo‘nalishda u mintaqamizda yagona korxona hisoblanadi. Umuman, korxona yigirmaga yaqin xorijiy brendlar bilan hamkorlikda ishlamoqda.

 

Yangi loyihaning umumiy qiymati 198 million dollar bo‘lib, mablag‘lar asosan qurilish ishlari va ilg‘or texnologiyalarni jalb etishga yo‘naltirildi. Zamonaviy inshootlar barpo etildi, maxsus laboratoriya tashkil qilindi. Germaniya, Italiya, Turkiya va Polsha kabi to‘qimachilikda yetakchi mamlakatlardan keltirilgan energiya tejamkor uskunalar ish unumdorligini oshirdi. Korxonadagi zamonaviy laboratoriya sifat nazoratini taʼminlash va nufuzli brendlar ishonchini qozonishda muhim o‘rin tutmoqda.

 

Dastlab oddiy tikuvchilik sexi sifatida ish boshlagan “Iftixor kiyim sanoat” bugun paxta yetishtirishdan tortib, tayyor mahsulotni eksportga yo‘naltirayotgan yirik klasterga aylandi. Sifat bo‘yicha qatʼiy talablar uni xalqaro bozorga olib chiqdi.

 

Prezident korxonadagi ish jarayoni bilan tanishdi, xodimlar bilan suhbatlashdi.

 

Korxona to‘liq quvvatga chiqqach, yiliga 100 million dollarlik mahsulot ishlab chiqaradi. Bu orqali 2 mingta yangi ish o‘rni yaratiladi, davlat byudjetiga esa yiliga salmoqli soliq tushumlari qo‘shiladi. Xalqaro brendlar bilan hamkorlik mahsulotga kafolatli bozor, katta valyuta tushumlari va yangi ish o‘rinlarini taʼminlaydi.

 

Bu yerga Namanganda o‘tayotgan “Kambag‘allikdan farovonlik sari” xalqaro forumining xorijiy mehmonlari ham tashrif buyurdi. Milliy hamda xorijiy brendlar uchun tikilgan tayyor kiyimlar, shuningdek, oziq-ovqat, charm, qurilish materiallari, farmatsevtika tarmoqlaridagi mahsulotlar ko‘rgazmasi namoyish etildi.

 

O‘zbekistonda biznes uchun yaratilgan sharoitlar, milliy mahsulotlarimiz turi va sifati mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

 

Shu yerda davlatimiz rahbariga Namangan viloyatida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi loyihalar haqida axborot berildi. Xususan, shaharsozlik, to‘qimachilik, qurilish materiallari, elektrotexnika, turizm, qishloq xo‘jaligi va kimyo sanoati kabi yo‘nalishlarda 252 ta yirik loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

 

Mutasaddilarga investor va tadbirkorlar uchun barcha qulayliklarni yaratib, loyihalarni jadallashtirish, ko‘proq ish o‘rinlari yaratib, aholi daromadini oshirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

 

Shu bilan Prezident Shavkat Mirziyoyevning Namangan viloyatiga tashrifi yakunlandi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Prezident Namangandagi yangi korxonaga bordi | Zamon.uz