O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev Islom taraqqiyot banki prezidenti bilan uchrashdi

ITB O‘zbekistonda kambag‘allikni yana-da qisqartirish borasidagi vazifalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini taʼkidladi.

Shavkat Mirziyoyev Islom taraqqiyot banki prezidenti bilan uchrashdi

17 sentyabr kuni Namangan shahrida o‘tayotgan "Kambag‘allikdan farovonlik sari" xalqaro forumi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Islom taraqqiyot banki prezidenti Muhammad bin Sulaymon al-Jassir bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

 

Uchrashuv avvalida ushbu nufuzli xalqaro moliyaviy tashkilot rahbari forum muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan samimiy tabriklab, ITB O‘zbekistonda kambag‘allikni yana-da qisqartirish borasidagi vazifalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini taʼkidladi.

 

Mamlakatimizda ortga qaytmas tus olgan islohotlar strategiyasini amalga oshirishga ko‘maklashish maqsadida Bank guruhi bilan keng ko‘lamli hamkorlikni yana-da kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

 

Keyingi yillarda ITB bilan sheriklik jadal rivojlanib borayotgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi. Qo‘shma loyihalar portfeli 5 milliard dollardan oshib, bugungi kunda transport, infratuzilma, uy-joy qurilishi, energetika, sog‘liqni saqlash, taʼlim kabi ustuvor sohalarni qamrab olgan. Shu bilan birga, investitsiyalarning 40 foizdan ortig‘i xususiy sektorga to‘g‘ri keladi.

 

Davlatimiz rahbari ITB bilan loyihalar portfelini ikki barobar ko‘paytirish, infratuzilma, ijtimoiy soha va xususiy sektor loyihalarini moliyalashtirish hajmini oshirishni nazarda tutadigan uzoq muddatli Strategik sheriklik dasturini qabul qilish tashabbusini ilgari surdi.

 

Xususiy biznes salohiyatini ro‘yobga chiqarish, mamlakatimiz hududlarida zamonaviy tibbiyot markazlarini barpo etish, avtomobil yo‘llarini modernizatsiya qilish, irrigatsiya kanallarini tiklash va betonlash hamda boshqa yo‘nalishlarda aniq loyihalarni ilgari surishga alohida eʼtibor qaratildi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Shavkat Mirziyoyev Islom taraqqiyot banki prezidenti bilan uchrashdi | Zamon.uz