Jahon

Siyosatchi Aleksey Navalniy Rossiya qamoqxonasida zaharlangan

Ikki xorijiy laboratoriya siyosatchining o‘limidan oldin zaharlanganini aniqlagan.

Siyosatchi Aleksey Navalniy Rossiya qamoqxonasida zaharlangan

Rossiyalik muxolifat yetakchisi Aleksey Navalniy qamoqxonada vafotidan oldin zaharlangani ikki davlatdagi laboratoriya tekshiruvlari orqali tasdiqlandi. Bu haqda marhum siyosatchining turmush o‘rtog‘i Yuliya Navalnaya xabar berdi.

 

Uning aytishicha, Navalniyning biomateryal namunalari yashirin ravishda xorijga olib chiqilib, mustaqil tadqiqotdan o‘tkazilgan. Har ikki laboratoriya ham unda zaharlanish izlari borligini qayd etgan. “Men Vladimir Putinni turmush o‘rtog‘im Aleksey Navalniyning o‘ldirilishida ayblayman. Men Rossiya maxsus xizmatlarini taqiqlangan kimyoviy va biologik qurollar ustida ishlayotganlikda ayblayman”, — dedi Navalnaya.

 

Yuliya Navalnaya, shuningdek, erining qamoqxonadagi so‘nggi kuniga oid suratlarni ham e’lon qildi. Unga ko‘ra, Navalniy o‘zini yomon his qilgan, qayt qilgan va polga yiqilib, kuchli og‘riqdan shikoyat qilgan. Ammo nazoratchi Aleksandr Belich kamerada bo‘layotgan voqealarga ko'z yumib, eshikni yopib qo'yganini aytadi.

 

Ma’lumki, Rossiya qamoqxona xizmati 2024-yil fevralida Navalniy Arktikadagi maxsus tartibli koloniyada sayr qilgach o‘zini yomon his qilib vafot etganini xabar qilgandi. G‘arb davlatlari bu hodisada Kremlni ayblagan bo‘lsa, Rossiya hukumati bunday e’tirozlarni qat’iy rad etgan. Navalniy esa bundan oldin ham bir necha marotaba zaharlanishga urinishlardan omon qolgan edi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.