Tailandda erkak jonli efir vaqtida qizini osib o‘ldirdi
U shundan so‘ng o‘z joniga ham qasd qilgan.

Tailandda erkak 11 oylik qizini jonli efirda osib o‘ldirdi, deya xabar bermoqda The Mirror nashri.
Holat Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi jonli efir vaqtida yuz bergan. 21 yoshli erkak avvaliga qizini osib o‘ldirib, keyinchalik o‘z joniga qasd qilgan.
“Fasebookdagi jonli efir vaqtida erkak kichkina qizini o‘ldirgani, keyin esa o‘z joniga qasd qilgani tasvirlangan”, - deyiladi xabarda.
Politsiya xodimlari ota va qizning jasadini Pxuketdagi tashlandiq mehmonxonadan topgan. Dastlabki taxminlarga ko‘ra, erkakning bu ishga qo‘l urishiga uning rafiqasi bilan yuz bergan mojaro sabab bo‘lgan.







