O'zbekiston

Toshkent metropolitenida yangi infokioskalar ishga tushirildi

Yo‘lovchilar endilikda infokioska orqali naqd pul evaziga chipta xarid qilishlari mumkin.

Toshkent metropolitenida yangi infokioskalar ishga tushirildi

Toshkent metropolitenida yo‘lovchilar uchun qulayliklarni oshirish maqsadida zamonaviy infokioskalar joriy etilmoqda. Hozirgi kunda 24 ta qurilma ishga tushirilgan bo‘lib, ular orqali naqd pul evaziga qog‘oz chipta xarid qilish mumkin. Mazkur tizim naqd mablag‘ni o‘zgartirib bermaydi — to‘lovlar yo‘lovchining mobil telefon hisobiga o‘tkaziladi.

 

Loyiha bosqichma-bosqich kengaytiriladi va yil yakuniga qadar infokioska soni 200 taga yetkazilib, barcha bekatlarda o‘rnatilishi rejalashtirilgan. Kelgusida ular orqali uy-joy kommunal xizmatlari, mobil aloqa to‘lovlari, kartalardan mablag‘ yechish va boshqa interaktiv xizmatlar ham yo‘lga qo‘yiladi.

 

Mazkur tashabbus ATTO va Toshkent metropoliteni hamkorligida, yetakchi fintech kompaniyalardan biri Alif tomonidan amalga oshirilmoqda.

 

Ma’lumot uchun, Toshkent metrosida jami 50 ta bekat mavjud bo‘lib, infokioskalar har bir kirish qismida o‘rnatiladi.

 

Avvalroq metropoliten kassalari qisqartirilishi ortidan ishdan bo‘shagan xodimlar yangi kasblarga qayta tayyorlanishi haqida xabar berilgandi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkent metropolitenida yangi infokioskalar ishga tushirildi | Zamon.uz