O'zbekiston

Vladivostokda o‘zbekistonliklarga hujum qilgan ikkinchi shaxs qo‘lga olindi

U 15 yoshli o‘smir bo‘lib chiqdi.

Vladivostokda o‘zbekistonliklarga hujum qilgan ikkinchi shaxs qo‘lga olindi

Rossiya Federatsiyasi IIV Primorsk o‘lkasi boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, jinoyat qidiruv xodimlari Vladivostokda O‘zbekiston fuqarolari bilan bog‘liq mojaro yuzasidan ikkinchi gumonlanuvchini qo‘lga oldi. U 2010-yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan o'smir ekani aniqlandi.

 

Politsiya xabariga ko‘ra, ushbu shaxs bezorilikda gumon qilinib, qo‘shimcha tergov harakatlari o‘tkazish uchun tergov organlariga topshirilgan.

 

Avvalroq Primorsk o‘lkasi prokuraturasi 10-sentabr kuni kechqurun Xabarovskaya ko‘chasi yaqinida bir guruh o‘smirlar migrantlarga hujum qilgani haqida tekshiruv boshlagan edi. 16-sentabr kuni O‘zbekistonning Vladivostokdagi bosh konsuli Yusup Qobuljonov Rossiya Tashqi ishlar vazirligining hududiy boshqarmasiga murojaat qilib, mazkur masala bo‘yicha zarur choralar ko‘rilishini so‘radi.

 

Tergov qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, o‘smirlar mast holda bo‘lib, transport vositalariga shikast yetkazgan, salon ichiga aerozol purkagan, shuningdek, yuk mashinasi haydovchisi, do‘kondagi xaridor, taksi haydovchisi va yo‘lovchilarga hujum qilgan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Vladivostokda o‘zbekistonliklarga hujum qilgan ikkinchi shaxs qo‘lga olindi | Zamon.uz