Yevropa Komissiyasi prezidenti Ursula fon der Leyen sudga berildi
Da’vogar Ursula fon der Leyendan shaxsan kechirim so‘rashni talab qilmoqda.

“Politico” nashrining yozishicha, Ruminiyalik deputat Georghe Piperey Yevropa Komissiyasi prezidenti Ursula fon der Leyenga nisbatan tuhmat da’vosi qo‘zg‘atgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Piperey avvalroq fon der Leyenga qarshi ishonchsizlik votumini ilgari surgan, shundan so‘ng Yevrokomissiya rahbarining ayrim bayonotlarini “shaxsiy hujum” sifatida baholagan. Deputat uning izohlarini Rossiya manfaatlariga xizmat qiluvchi bayonot sifatida talqin qilganini bildirdi.
Ruminiyalik siyosatchi fon der Leyendan shaxsan kechirim so‘rashni talab qilmoqda. Hozircha sud instansiyalari ushbu da’voni ko‘rib chiqishga qabul qilish masalasida qaror chiqarmagan.







