O'zbekiston

50 nafar o‘zbekistonlik ziyoratchi Makkada chiptasiz qolib ketdi

Aviachiptalarni oldindan sotib olish hamkorlar bilan yuzaga kelgan muammolar sabab kechikkan.

50 nafar o‘zbekistonlik ziyoratchi Makkada chiptasiz qolib ketdi

Saudiya Arabistoniga Umra safari uchun borgan 50 nafar o‘zbekistonlik ziyoratchi vataniga qaytish chipta­siz qolib ketdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, sayyohlik firmasi orqali safarga chiqqan ziyoratchilar 15 sentabr kuni Centrum Airning Jidda – Toshkent reysi orqali qaytishi kerak edi. Biroq firma ularning qaytmasligiga izoh bermagan, faqat “yaqin orada qaytariladi” degan va’da bilan cheklangan. Ziyoratchilarning aksariyati keksalar va ayollar bo‘lgani bois, ular sarosimaga tushib qolgan.

 

Fuqaro­lardan biri O‘zbekiston Bosh konsulxonasiga murojaat qilgach, konsulxona vakillari sayyohlik kompaniyasi bilan bog‘lanib, muammoni tezkor hal qilishni talab qildi. Firmaning ta’kidlashicha, aviachiptalarni oldindan sotib olish hamkorlar bilan yuzaga kelgan muammolar sabab kechikkan.

 

Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olib, firmaga ziyoratchilarni vaqtincha mehmonxonaga joylashtirish hamda chipta xarid qilish yuzasidan ko‘rsatma berdi. Shundan so‘ng sayyohlik kompaniyasi tomonidan aviachiptalar sotib olinib, 17 sentabr kuni ziyoratchilar Fly Khiva aviakompaniyasining Madina – Toshkent yo‘nalishidagi reysi bilan vatanga qaytarilgan.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘onada fuqarolarni Umra ziyoratiga yuborishni va’da qilib, evaziga 5000 dollar talab qilgan shaxs qo‘lga olingandi. U Umra safarlarini tashkil etish uchun zarur litsenziyaga ega bo‘lmagan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

50 nafar o‘zbekistonlik ziyoratchi Makkada chiptasiz qolib ketdi | Zamon.uz