Jahon

Afg‘onistonning bir necha hududida internet cheklab qo‘yildi

Balx viloyatida optik internet taqiqlandi, natijada davlat idoralari va xususiy sektor Wi-Fi’dan uzildi.

Afg‘onistonning bir necha hududida internet cheklab qo‘yildi

“Tolibon” harakati rahbari Heybatulloh Oxundzoda “axloqsizlikning oldini olish” maqsadida Afg‘onistonning Balx viloyatida optik tolali internet xizmatlarini taqiqlash to‘g‘risida qaror chiqardi. Bu haqda viloyat hukumati vakili Hoji Attaulla Zayd ma’lum qildi, deya xabar bermoqda Associated Press.

 

Qayd etilishicha, cheklovlar oqibatida Balxdagi davlat idoralari, xususiy sektor va turar-joylar Wi-Fi tarmog‘idan uzilgan. Hozirda hududda faqat mobil aloqa tarmoqlari orqali internetdan foydalanish mumkin.

 

Viloyat vakili ehtiyojlarni qondirish uchun muqobil tarmoq tashkil etilishi rejalashtirilayotganini bildirgan. Biroq cheklovlarning boshqa viloyatlarga ham joriy etilishi masalasiga aniqlik kiritilmagan.

 

Shu bilan birga, Londonda joylashgan Afg‘oniston xalqaro nashri ma’lumotiga ko‘ra, Balxdan tashqari Qandahor, Uruzgon, Hilmand va Nimroz viloyatlarida ham internet xizmatlari uzilgan.

custom img

Turkiyadagi maktabda qurolli hujum oqibatida 4 kishi halok bo'ldi

Bu so‘nggi kunlarda mamlakatdagi ta’lim muassasasida sodir etilgan sodir etilgan ikkinchi qurolli hodisa hisoblanadi.

custom img

Erondan uch nafar O‘zbekiston fuqarosi evakuatsiya qilindi

Rossiya tomonidan keskin vaziyat fonida 600 dan ortiq xorijlik Eron hududidan olib chiqilgan.

custom img

NATO AQShga yordam bermagan va bermaydi — Tramp

AQSh prezidenti alyans ishonchliligiga shubha bildirib, keskin bayonot berdi.

custom img

Qirgʻizistonda Qamchibek Tashiyevga yaqin shaxslar hibsga olindi

Sobiq yuqori lavozimli amaldorlar va biznes vakillari qo‘lga olingan.

custom img

Ikki kun ichida muzokaralar bo‘yicha muhim o‘zgarish bo‘lishi mumkin — Tramp

Vashington va Tehron muloqoti uchun yangi joylar, jumladan Yevropa ham ko‘rib chiqilmoqda.

custom img

Rossiyaga aloqador xakerlar Ukraina prokurorlarining elektron pochta akkauntlarini buzgan — Reuters

Shunga o'xshash holatlar Ruminiya, Gretsiya, Bolgariya va Serbiyada ham qayd etilgan.

custom img

Rossiya Xitoyga energetika sohasida yordam berishga tayyor — Rossiya TIV

Sergey Lavrov ikki davlat tashqi bosimlardan mustaqil ravishda energetika sohasida hamkorlikni chuqurlashtirish imkoniga egaligini bildirdi.

custom img

AQSh Rossiya neftiga qarshi sanksiyalarni qayta tikladi

Yaqin Sharqdagi urush fonida Rossiya nefti savdosiga vaqtinchalik ruxsat berilgan. Mazkur yengillik 11-apreldan o‘z kuchini yo‘qotgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"