O'zbekiston

Isroilda falastinlik bola haqidagi film mukofot oldi

Isroil Madaniyat vaziri endi kino sohasiga davlat mablag‘i ajratilmasligini aytmoqda.

Isroilda falastinlik bola haqidagi film mukofot oldi

Isroilda falastinlik bola hayotidan hikoya qiluvchi “Dengiz” filmi yilning eng yaxshi kartinasi deb topildi va mamlakatning “Ophir” mukofoti g‘olibi bo‘ldi. Film 2026-yilgi “Oskar”ning “Eng yaxshi xalqaro film” nominatsiyasiga Isroil tomonidan tavsiya etilishi rejalashtirilgan. Biroq madaniyat vaziri Miki Zohar bu qarorni qattiq tanqid qilib, kino sohasiga davlat mablag‘i ajratilmasligini aytdi.

 

Asarda G‘arbiy Sohilda yashovchi 12 yoshli falastinlik bolakayning dengizni ko‘rish orzusi tasvirlangan. U Tel-Avivga borishga urinadi, ammo nazorat-o‘tkazish punktida to‘xtatiladi. Shunga qaramay, u yashirincha Isroilga kiradi va shu yerdagi muhojir otasini izlaydi. Film bosh rolini ijro etgan 13 yoshli Muhammad G‘azzoviy “Eng yaxshi aktyor” mukofotiga sazovor bo‘lib, bu mukofotni olgan eng yosh aktyorga aylandi.

 

Madaniyat vaziri Zoharning fikricha, filmning mukofotlanishi “Isroil askarlariga nisbatan haqorat” bo‘lib, bunday marosimlarga mablag‘ ajratilmasligi kerak. Isroil Kino va televideniye akademiyasi raisi Asaf Amir esa: “G‘azo urushi og‘ir oqibatlarga olib kelayotgan bir paytda qarama-qarshi tomonning og‘riqlarini ko‘rish — umid beradi”, deya javob qaytardi.

 

Shu kunlarda minglab Gollivud kinoijodkorlari Isroil kinotashkilotlarini boykot qilayotganini e’lon qildi. Ular mamlakatni “genotsidda ishtirok etishda” ayblamoqda. BMT tergov komissiyasi ham yaqinda Isroilni G‘azoda genotsid sodir etganlikda aybladi, biroq Isroil Tashqi ishlar vazirligi bu xulosani rad etib, uni “asossiz va soxtalashtirilgan” deb baholadi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.