O'zbekiston

Jizzax, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida kadastr xodimlari va mahalla raisi ishtirokida noqonuniy yer savdosi fosh etildi

DXX Zamon.uz'ga tafsilotlarni ma’lum qildi.

Jizzax, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida kadastr xodimlari va mahalla raisi ishtirokida noqonuniy yer savdosi fosh etildi

Davlat kadastrlar palatasining Jizzax viloyatidagi tumanlardan biridagi filiali boshlig‘i tuman hokimligi tomonidan o‘zining turmush o‘rtoqi nomiga sotish huquqsiz, ijara shartnomasi asosida ajratilgan 42 sotix yer maydonini xaridorga sotib, keyinroq hokimiyat idoralaridagi tanishlari orqali kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga 28 ming AQSh dollari talab qiladi.

 

Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, u so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

 

Surxondaryo viloyatida kuzatilgan holatda esa Qumqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1974 y.t. fuqaro Davlat kadastrlar palatasining Jarqo‘rg‘on tumani filiali kadastr muhandisi bilan til biriktirib, o‘zi tomonidan noqonuniy egallab olingan, aslida Jarqo‘rg‘on tumani hokimligi zahirasida bo‘lgan 40 sotix yer maydonini xaridorga 200 mln so‘mga sotishga va 4 mln so‘m evaziga uning kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berishga kelishadi.

 

Davlat xavfsizlik xizmati, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, 1974 y.t. fuqaro 200 mln so‘mni, kadastr muhandisi esa 15 mln so‘mni olgan vaqtlarida ularning noqonuniy harakatlariga chek qo‘yildi.

 

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi mahalla fuqarolar yig‘inlaridan birining raisi o‘zganing nomida bo‘lgan 15 sotix maydondagi yakka tartibdagi turar-joyni va unga tutash joylashgan davlat zahirasidagi 1 gektar 35 sotix yer maydonini mansabdor tanishlari orqali xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 150 ming AQSh dollari talab qilib, oldindan 50 ming AQSh dollari olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.

 

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

 

custom img

Buxoro tarixiy hududida cheklov: elektrosamokat va mopedlar harakati taqiqlanadi

Yangi tartib 2026-yil 1-oktyabrdan kuchga kiradi.

custom img

Hindiston va Bangladesh fuqarolarini OTMlarga qabul qilmaslik bo‘yicha ko‘rsatma berildimi?

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tarqalgan xabarlarga oydinlik kiritdi.

custom img

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Ispaniyada Terres oltin mukofotini qo'lga kiritdi

Ben Kingsli ishtirokidagi “Ma’rifat aks-sadosi” — New York Festivals hamda Kann korporativ media va televideniye festivali finalisti.

custom img

“Yashil makon”da sun’iy intellekt qo‘llaniladi: tuproq, iqlim va suv ta’minoti tahlil qilinadi

Prezident ishlar samaradorligini ekilgan ko‘chatlarning bir, uch va besh yildan keyingi holati asosida baholash zarurligini ta’kidladi.

custom img

Vino shishasi va qadoqlangan ziravorlar: Tailanddan O‘zbekistonga narkotik olib kirilishining oldi olindi

13 kgdan ortiq “gashish moyi”ning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

custom img

Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi: O‘zbekistonda 3 hududda sezildi

Tog‘li Badaxshon hududidagi zilzila 4,9 magnitudani tashkil etgan.

custom img

Rossiya, Vetnam va Tailanddagi tajriba: Chirchiqda narkolaboratoriya fosh etildi

Giyohvandlik vositalarini tayyorlash va sotish bilan shug‘ullangan 4 nafar fuqaro ushlandi.

custom img

“Mutlaqo xavfsiz”, “nojo‘ya taʼsiri yo‘q”: Raqobat qo‘mitasi tibbiy xizmatlar reklamasi bo‘yicha ogohlantirdi

Qo‘mita tibbiy xizmatlar reklamasida davolash natijasini kafolatlash, mutlaq xavfsizlikni vaʼda qilish yoki qarshi ko‘rsatmalarni inkor etishga yo‘l qo‘yilmasligini eslatdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"