Jahon

Ozarbayjon musiqasining birinchi dahosi: Uzeyir Hojibekov tavalludining 140 yilligi

Musiqa tarixida oltin sahifa ochgan bastakorning yubileyi keng nishonlanmoqda.

Ozarbayjon musiqasining birinchi dahosi: Uzeyir Hojibekov tavalludining 140 yilligi

18-sentabr — jahon miqyosida mashhur kompozitor, Ozarbayjonda professional musiqa san’atining asoschisi Uzeyir Hojibekovning tug‘ilgan kunidir. Uning ijodi nafaqat Ozarbayjon, balki butun musulmon Sharqida yangi musiqa maktabining shakllanishiga zamin yaratdi.

 

Hojibekov 1885-yilda Ag‘jabadi qishlog‘ida tug‘ilib, bolaligidan Shusha shahrida ta’lim oldi. U dastlab muqom ijrosini, xalq cholg‘ularida chalishni o‘rgandi. Keyinroq Goriy o‘qituvchilar seminariyasida besh yil davomida matematika, tarix, adabiyot va musiqani chuqur o‘rgandi. Bu davrda u skripka va violonchelni ham puxta egalladi.

 

1908-yil 25-yanvarda uning “Layli va Majnun” asari sahnaga qo‘yildi. Bu nafaqat Ozarbayjonda, balki musulmon Sharqi tarixida ilk milliy opera bo‘ldi. Asar muvaffaqiyati butun Kavkaz bo‘ylab mashhurlikka erishdi. Keyinchalik “Sheyx San’on”, “Rustam va Zuxrob”, “Shah Abbos va Xurshud Banu”, “Asli va Kerem” kabi muqom operalari ham yaratildi.

 

Hojibekovning eng mashhur operettalaridan biri “Arshin mal alan” 1913-yilda ilk bor namoyish etildi. Asar 76 mamlakatda qo‘yildi va bir necha bor ekranlashtirildi. 1945-yilda suratga olingan film versiyasi katta shon-shuhrat keltirib, muallifga Davlat mukofotini olib keldi.

 

1937-yilda sahnalashtirilgan “Korog‘li” operasi bastakor ijodining cho‘qqisi hisoblanadi. Bu asar orqali Hojibekov xalq kuylarini zamonaviy opera janri bilan uyg‘unlashtirishga erishdi. Oradan ko‘p o‘tmay u Ozarbayjon xalq artisti, keyinroq esa SSSR xalq artisti unvoniga sazovor bo‘ldi.

 

1921-yilda Ozarbayjon davlat konservatoriyasini tashkil etishda tashabbus ko‘rsatgan Hojibekov ko‘plab yirik kompozitorlarni tarbiyaladi, jumladan, Gara Garayev va Fikrat Amirov. 1945-yilda esa uning “Ozarbayjon xalq musiqasining asoslari” nomli ilmiy asari chop etildi.

 

Bugun Bakuda Hojibekov nomidagi musiqa akademiyasi, simfonik orkestr va uy-muzeylari faoliyat yuritadi. 1995-yildan buyon 18-sentabr — Ozarbayjonda Milliy musiqa kuni sifatida nishonlanadi. Shu kuni har yili xalqaro musiqa festivali ham o‘tkaziladi.

 

Joriy yilda Ozarbayjon va chet ellarda turli tadbirlar o‘tkazilmoqda. Toshkentda katta konsert bo‘lib o‘tdi, Vena shahrida esa xalqaro pianistlar tanlovi tashkil qilindi. Bugundan boshlab Boku, Ganja, Shusha va boshqa shaharlarda 17-Xalqaro Uzeyir Hojibekov festivali start oldi. Unda Ozarbayjon, Germaniya, AQSh, Turkiya, Janubiy Koreya va boshqa davlatlardan musiqachilar ishtirok etmoqda. 

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Ozarbayjon musiqasining birinchi dahosi: Uzeyir Hojibekov tavalludining 140 yilligi | Zamon.uz