O'zbekiston

O‘zbekistonda tamaki kontrabandasiga qarshi kurash kuchaymoqda

Reydlar va yirik musodaralarga qaramay, noqonuniy sigaretalar bozorlarda erkin sotilmoqda.

O‘zbekistonda tamaki kontrabandasiga qarshi kurash kuchaymoqda

O‘zbekistonda so‘nggi oylarda tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosiga qarshi chora-tadbirlar sezilarli darajada kuchaytirildi. Huquq-tartibot organlari tez-tez yirik partiyalarni musodara qilayotgani haqida xabar bermoqda. Biroq, ko‘chalarda va bozorlarida kontrabanda sigaretlari hali ham bemalol sotilayotgani kuzatilmoqda.

 

Kontrabanda mahsulotlari orasida ko‘p uchraydigan brendlardan biri — BAAning Jebel-Ali erkin iqtisodiy zonasida ishlab chiqariladigan Milano. Bu turdagi qutilarda tibbiy ogohlantirishlar yo‘q, bu esa O‘zbekiston texnik reglamenti talablariga zid hisoblanadi.

 

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil avgust holatida mamlakatdagi “kulrang bozor” ulushi 11,6 foizga yetgan. Poytaxtda bir oy ichida bu ko‘rsatkich 7 foizdan 11,8 foizga oshgan. Farg‘ona vodiysida esa holat yanada keskin — noqonuniy sigaretalarning ulushi 22,1 foizni tashkil etgan. Davlat byudjeti yetti oyda taxminan 286 milliard so‘m yo‘qotgan, shundan 115 milliard so‘mdan ortig‘i Farg‘ona vodiysi hissasiga to‘g‘ri keladi.

 

So‘nggi haftalarda Samarqand, Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysida o‘n minglab qutilar musodara qilindi. Masalan, Namangangina 215 million so‘mlik 11 mingdan ortiq Milano va Esse Change qutilari hamda yuzlab elektron sigaretalar noqonuniy olib kirilishidan to‘xtatildi.

 

Biroq, mutaxassislar ta’kidlashicha, kurash asosan oqibatlarga qaratilgani bois, muammoning ildizi yechilmayapti. Tamakisozlar assotsiatsiyasi o‘tkazgan tahlillarga ko‘ra, noqonuniy brendlar qutilarda smola va nikotin miqdorini past ko‘rsatib, iste’molchilarni chalg‘itayotgani aniqlangan. Masalan, Milano London qutisida 1 mg smola va 0,1 mg nikotin ko‘rsatilgan bo‘lsa, laboratoriya tahlillari bu raqamlarni 3,1 mg va 0,2 mg deb topdi. Oris Fusion Mintda esa farq yanada katta: e’lon qilingan 4 mg smola va 0,3 mg nikotin o‘rniga 6,6 mg va 0,61 mg aniqlangan.

 

Shu bois, mutaxassislar fikricha, faqat reyd va musodara bilan cheklanish yetarli emas. Kontrabanda mahsulotlarini mamlakatga kiritish yo‘llarini to‘sish, bozor va ko‘chalarni noqonuniy mahsulotlardan tozalash uchun barcha vakolatli organlarning tizimli va muvofiqlashtirilgan harakatlari zarur.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekistonda tamaki kontrabandasiga qarshi kurash kuchaymoqda | Zamon.uz