Jahon

Putin migrantlar uchun patent tizimini bekor qilishni taklif qildi

Rossiya prezidenti mehnat muhojirlariga oid tartiblarni qayta ko‘rib chiqish zarurligini bildirdi.

Putin migrantlar uchun patent tizimini bekor qilishni taklif qildi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakatdagi mehnat muhojirlari uchun amaldagi patent tizimini bekor qilish masalasi muhokama qilinishi kerakligini bildirdi. Bu haqda u Davlat Dumasidagi fraksiya yetakchilari bilan uchrashuvda ma’lum qildi.

 

“Biz migrantlar uchun patent tizimini bekor qilish haqida o‘ylashimiz kerak. Bu tizim keng qo‘llaniladi. Hech narsani istisno qilmayman”, — dedi davlat rahbari.

 

Putinning so‘zlariga ko‘ra, migratsiya mavzusi Rossiya fuqarolari uchun “nozik masala” hisoblanadi va federal hamda mahalliy hokimiyat organlari mavjud muammolarni yashirmasdan hal etishi lozim.

 

Ma’lumot uchun, hozirgi tartibga ko‘ra Rossiyaga vizasiz kiruvchi xorijiy fuqarolar ish faoliyatini amalga oshirish uchun 30 kun ichida patent olishlari shart. Bunda ular ro‘yxatdan o‘tishi, tibbiy ko‘rikdan o‘tishi, rus tili, tarixi va qonunchiligini bilishini tasdiqlashi, shuningdek, belgilangan davlat boji va soliq to‘lovlarini amalga oshirishi kerak.

 

Patent bir oydan bir yilgacha muddatga beriladi va faqat unda ko‘rsatilgan hudud va faoliyat doirasida amal qiladi. 2025-yil 1-yanvardan boshlab Moskvada patent uchun shaxsiy daromad solig‘ining oylik avans to‘lovi 8 900 rublni tashkil etadi.

 

Shuningdek, joriy yilning iyulidan boshlab migrantlar uchun rus tili imtihonidagi tinglash va gapirish topshiriqlari murakkablashtirildi, savollar soni ko‘paytirildi hamda minimal o‘tish ballari belgilandi.

custom img

Qimmatbaho sovg‘alar ishi: Janubiy Koreyada sobiq birinchi xonimning qamoq jazosi qisqartirildi

Kim Geon Xi qimmatbaho sovg‘alarni mansab tayinlovlari va boshqa xizmatlar evaziga olganlikda ayblangan.

custom img

Tramp rejasi: AQSH, Daniya va Grenlandiya kelishuv imzoladi

Kelishuv AQSHning Grenlandiyadagi harbiy infratuzilmasini kengaytirish imkonini beradi.

custom img

Mojaro qishdan oldin tugashi mumkin — Tramp

AQSH prezidenti Rossiya va Ukraina rahbarlari bilan yaqindan ishlayotganini ma’lum qilib, mojaro bo‘yicha kelishuvga erishilishiga umid bildirdi.

custom img

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarni uzaytiradi: Alisher Usmonov ro‘yxatdan chiqariladi

Qaror Latviya avvalgi e’tirozidan voz kechib, ovoz berishda betaraf qolganidan so‘ng ma’qullangan.

custom img

“Kelishuv bo‘lmasa, Eronni yo‘q qilamiz”: Tramp BMTda Eron haqida gapirdi

Donald Tramp boshqa davlatlarni Tehronni iqtisodiy jihatdan yakkalashga va muzokaraga majburlashga chaqirdi.

custom img

Eronga parvozlar to‘xtatildi: Turkiyaning uchta aviakompaniyasi qaror qabul qildi

Turkiyaning Turkish Airlines, AJet va Pegasus aviakompaniyalari 21-sentyabrdan Eronga va Erondan amalga oshiriladigan reyslarni to‘xtatdi. Bu AQSHning Eron aviatsiya sektoriga nisbatan yangi sanksiyalari kuchga kirishi fonida yuz berdi.

custom img

Maktabdagi otishma: Turkiyada 10 kishi yaralandi

15 yoshli o‘quvchi miltiq bilan maktab oldiga borib, otishma uyushtirgan.

custom img

5 mlrd dollar ajratiladi: AQSH Yaqin Sharq energetikasini tiklashni taklif qildi

Umumiy qiymati 10 mlrd dollarga yetishi mumkin bo‘lgan fond Hurmuz bo‘g‘oziga neft va gaz tashishda qaramlikni kamaytiruvchi infratuzilmani rivojlantirishga ham yo‘naltiriladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"