Jahon

Rossiyada migrantlar o‘rtasida mushtlashuv yuz berdi

O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Rossiya va Tojikiston fuqarolari metall va yog‘och tayoqlar bilan bir-biriga hujum qilgan.

Rossiyada migrantlar o‘rtasida mushtlashuv yuz berdi

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida joylashgan qurilish maydonida markaziy osiyolik migrantlar o‘rtasida yirik janjal chiqdi. Hodisa 16-sentabr kuni Ligovskiy prospektida sodir bo‘lgan.

 

Dastlab tom ta’miri texnologiyasi va qurilish materiallari yuzasidan kelishmovchilik bo‘lgan. Og‘zaki tortishuv qisqa fursatda mushtlashuvga aylanib, migrantlar metall va yog‘och tayoqlar bilan bir-biriga hujum qilgan.

 

Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, hodisadan so‘ng 21–41 yosh oralig‘idagi 11 nafar Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari hamda bir mahalliy aholi vakili huquqni muhofaza qiluvchi organlarga olib kelingan. Ulardan biri mashinada qochishga urinib, patrul-post xodimini urib yuborgan. Natijada huquq-tartibot xodimi tirsak bo‘g‘imidan jarohatlangan. Qoidabuzar qisqa vaqtda qo‘lga olingan.

 

Tekshiruv jarayonida yana 7 nafar chet ellik ishchi janjalga aloqadorlikda gumon qilinib ushlangan. Ulardan ikkitasi migratsiya qonunlarini buzganlikda, qolganlari esa mayda bezorilikda ayblangan.

 

Oqibatda jami 8 kishiga nisbatan “bezorilik” moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Hozirda ular gumonlanuvchi sifatida so‘roq qilinib, hibsga olingan.

custom img

Eron Hormuz bo‘g‘ozini ochish shartlarini ma’lum qildi: AQSHdan javob kutilmoqda

Eron AQSH Tehron tomonidan taqdim etilgan shartlarni bajarmaguncha Hormuz bo‘g‘ozini kemalar qatnovi uchun ochmasligini ma’lum qildi.

custom img

Moskvadagi neftni qayta ishlash zavodiga zarba berildi: qurbonlar bor

Moskva meri hujumlar parlament saylovlarini izdan chiqarishga qaratilganini aytdi.

custom img

Husiylar Saudiya poytaxtiga hujum qildi: Ar-Riyod aeroporti yaqinida qora tutun ko‘tarildi

Hutiylar Saudiya Arabistonidagi qator nishonlarga raketa va dronlar bilan zarba berganini bildirdi.

custom img

Isroil zarbalari: G‘azoda kamida uch kishi halok bo‘ldi

Zarba qochqinlar lageri yaqiniga berilgan.

custom img

AQSH Rossiyaga bosimni kuchaytirmoqda: Tramp 100 foizgacha boj tariflarini nazarda tutuvchi qonunni imzoladi

AQSH Rossiyaga bosimni kuchaytirmoqda: Tramp 100 foizgacha boj tariflarini nazarda tutuvchi qonunni imzoladi

custom img

Eronda namoyish: yuz minglab odam AQSHga qarshi namoyishga chiqdi

Tehronda hukumat tomonidan tashkil etilgan mitingda yangi ko‘ngillilar kuchi namoyish qilinib, ishtirokchilar mamlakatni himoya qilishga tayyor ekanini bildirdi.

custom img

“Doimiy nazorat” ortidan: Grenlandiya va Daniya AQSh bilan kelishuv tafsilotlarini ochiqladi

Vashington Grenlandiyada harbiy ishtirokini kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishganini ma’lum qilgan, biroq uning aniq shartlari hozircha ochiqlanmagan.

custom img

AI xatosi: AQSH-Xitoy urishi boshlanishiga sal qoldi

AI chatbot Xitoy kemasidagi yukni noto‘g‘ri aniqlab, uni Eronning yadroviy qurol dasturiga aloqador deb ko‘rsatgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"