Jahon

Saudiya va Pokiston mudofaa paktini imzoladi

Hujjat har qanday tajovuzga qarshi qo‘shma to‘siq yaratishni ko‘zda tutadi.

Saudiya va Pokiston mudofaa paktini imzoladi

Kecha, 17 sentyabr kuni Ar-Riyodda Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon va Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif o‘zaro mudofaa paktini imzoladi. Bu haqida Reuters agentligi xabar bermoqda.

 

Bu kelishuv Isroilning Qatardagi Hamas siyosiy yetakchilariga hujumidan so‘ng chaqirilgan Arab Ligasi va Islom hamkorlik tashkilotining favqulodda yig‘ilishidan ikki kun o‘tib imzolangan.

 

Qo‘shma bayonotda taʼkidlanishicha, mazkur pakt ikki davlatning xavfsizlikni kuchaytirish, mintaqada va butun dunyoda tinchlikka erishish yo‘lidagi umumiy intilishlarini ifoda etadi. Hujjat mudofaa sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, har qanday tajovuzga qarshi qo‘shma to‘siq yaratishni ko‘zda tutadi. Shuningdek, qayd etilishicha, ikki davlatdan qaysi biriga tajovuz qilinsa, bu har ikkalasiga ham qilingan tajovuz sifatida baholanadi.

 

Bayonotga ko‘ra, mudofaa pakti Saudiya va Pokiston o‘rtasidagi tarixiy sheriklik, umumiy strategik manfaatlar hamda yaqin mudofaa hamkorligiga asoslanadi.

 

Ushbu kelishuv arab ko‘rfazi davlatlari AQSHning uzoq yillik xavfsizlik kafolatchisi sifatidagi rolini qayta baholab, unga shubha bilan qarayotgan bir sharoitda yuzaga keldi. Reuters‘ning qayd etishicha, Isroilning o‘tgan haftadagi Qatarga hujumi bu xavotirlarni yana-da kuchaytirgan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Saudiya va Pokiston mudofaa paktini imzoladi | Zamon.uz