O'zbekiston

Ukrainada o‘zbekistonliklarni majburiy mehnatga jalb qilgan guruh qo‘lga olindi

Jinoiy guruh tarkibida Xitoy, O‘zbekiston va Ukraina fuqarolari borligi aytilmoqda.

Ukrainada o‘zbekistonliklarni majburiy mehnatga jalb qilgan guruh qo‘lga olindi

Kiyev viloyat prokuraturasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida 13 nafar O‘zbekiston fuqarosini majburiy mehnatga jalb qilgan jinoiy guruh faoliyati to‘xtatildi.

 

Tergov materiallariga ko‘ra, gumonlanuvchilar — Xitoy Xalq Respublikasining ikki fuqarosi, O‘zbekiston fuqarosi va bir ukrainalik ayol — og‘ir ijtimoiy ahvolda bo‘lgan shaxslarni ish va turar joy va’dasi bilan chorlash orqali ularni aldab, issiqxonada ekspluatatsiya qilgan.

 

Qurbonlarning erkinligi keskin cheklangan: ularga hududni tark etish taqiqlangan, qoidalarga bo‘ysunmaganlik uchun jarima qo‘llangan, hatto shaxsiy ehtiyojlarni qondirish ham qat’iy vaqt chegarasiga bog‘langan.

 

17-sentabr kuni huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan gumonlanuvchilarning yashash va ishlab turgan manzillarida tintuv o‘tkazilib, o‘zbekistonlik fuqarolar saqlangan bino aniqlangan. Operatsiya davomida pul mablag‘lari, hujjatlar va transport vositalari musodara qilingan.

 

Qo‘lga olingan shaxslar ustidan og‘ir toifadagi jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov organlari ular uchun qamoqqa olish chorasi belgilash ustida ish olib bormoqda.

 

O‘zbekistonlik fuqarolarning vatanga qaytarilishi masalasi bo‘yicha hozircha aniq ma’lumot berilmagan. Mazkur voqea yuzasidan diplomatik vakolatxonalar hamda rasmiy idoralar izoh berishi kutilmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Ukrainada o‘zbekistonliklarni majburiy mehnatga jalb qilgan guruh qo‘lga olindi | Zamon.uz