O'zbekiston

Sherzod Asadov BMT Bosh kotibi o‘rinbosari bilan uchrashdi

Muloqotda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ijobiy o‘zgarishlar va islohotlar alohida taʼkidlangan.

Sherzod Asadov BMT Bosh kotibi o‘rinbosari bilan uchrashdi

Kecha, 19 sentyabr kuni O‘zbekiston Prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov Nyu-York shahrida BMT Bosh kotibining global kommunikatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari Melissa Fleming bilan uchrashdi.

 

“Muloqotda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ijobiy o‘zgarishlar va islohotlar alohida taʼkidlandi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mamlakatimizning xalqaro nufuzi sezilarli darajada oshgani, ommaviy axborot vositalari erkinligi, ochiqlik va axborotdan foydalanish sohasida katta yutuqlarga erishilgani qayd etildi.

 

Uchrashuvda BMT doirasidagi Barqaror rivojlanish maqsadlarini ilgari surish, yolg‘on axborot tarqalishiga qarshi kurashish va yoshlarni global tashabbuslarga jalb etishga qaratilgan muhim loyihalar va kampaniyalar muhokama qilindi. Shuningdek, strategik kommunikatsiyalar, media bilan hamkorlik va jurnalistlar uchun taʼlim dasturlarini yana-da kengaytirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

 

Mamlakatimiz oliy taʼlim muassasalari — Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini UN Academic Impact dasturiga kiritish muhim ahamiyat kasb etishi, bu talabalar va tadqiqotchilarga taʼlim va ilmiy izlanishlar bo‘yicha global tashabbuslarda ishtirok etish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratishi taʼkidlandi.

 

Shuningdek, yolg‘on axborotga qarshi kurashish, yosh jurnalistlarni tayyorlash va BMTning xalqaro stajirovkalarida ishtirokini taʼminlash borasida hamkorlik istiqbollari ko‘rib chiqildi.

 

Uchrashuv yakunida qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish va BMT Global kommunikatsiyalar departamenti vakillarining O‘zbekistonda o‘tkaziladigan tadbirlarda faol ishtirokini taʼminlash yuzasidan kelishuvga erishildi”, deb yozdi Asadov o‘z sahifasida.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Sherzod Asadov BMT Bosh kotibi o‘rinbosari bilan uchrashdi | Zamon.uz