O'zbekiston

Toshkent shahrida issiqlik va issiq suv ta’minoti bo‘yicha to‘lovlar alohida ajratiladi

Endilikda abonentlar shaxsiy kabinetda har bir xizmat bo‘yicha alohida to‘lov summasini ko‘rishi mumkin.

Toshkent shahrida issiqlik va issiq suv ta’minoti bo‘yicha to‘lovlar alohida ajratiladi

Veolia Energy Tashkent kompaniyasi aholi uchun yangi qulaylik joriy etganini ma’lum qildi. Endilikda toshkentlik iste’molchilar shaxsiy kabinet orqali issiqlik va issiq suv ta’minoti xizmatlari uchun to‘lovlarni alohida ko‘rinishda ko‘rishlari mumkin.

 

Mazkur yangilik tufayli abonentlar hisob-kitoblarni aniqroq tushunish, xizmatlar bo‘yicha savollarni manzilli tarzda berish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shuningdek, har bir xizmat turi uchun to‘lov miqdori alohida ko‘rsatib boriladi.

 

Yangi imkoniyatdan foydalanish uchun cabinet.veoliaenergy.uz portalida shaxsiy kabinetga kirib, “Hisob-kitoblar” bo‘limidan davrni tanlash va “Sharhlash” tugmasini bosish kifoya qiladi.

 

Kompaniya vakillari fuqarolarga savol yoki takliflari bo‘lsa, Telegram’dagi tezkor guruh, info@veoliaenergy.uz elektron manzili hamda hududiy issiqlik ta’minoti bo‘limlariga murojaat qilish mumkinligini ta’kidladi.

 

Avval xabar qilinganidek, avgust oyida Toshkent shahar kengashi issiqlik va issiq suv ta’minoti tariflarini oshirish bo‘yicha qaror qabul qilgan. Shunga muvofiq, yangi tariflar bosqichma-bosqich kuchga kiritiladi. Veolia Energy Tashkent rahbariyatiga ko‘ra, aholining to‘lovlari hozirda bazaviy tarifning 18 foizini tashkil etadi, qolgan qismi esa shahar budjeti tomonidan qoplab kelinmoqda. Kelgusida esa subsidiyalarni bosqichma-bosqich qisqartirish va tariflarning to‘liq qoplanishini ta’minlash rejalashtirilgan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkent shahrida issiqlik va issiq suv ta’minoti bo‘yicha to‘lovlar alohida ajratiladi | Zamon.uz