Tramp va Mask yana birgalikda ko‘rinish berdi
Ular joriy iyun oyida janjallashib qolishgandi.

Arizonadagi stadionda o‘tkazilgan Charli Kirkni xotirlash marosimida AQSH prezidenti Donald Tramp va Tesla hamda SpaceX asoschisi Ilon Mask may oyidan beri ilk bor birgalikda ko‘rindi. Ular qisqa suhbat qurishgan.
“Ilon kelib salomlashdi. Biroz suhbatlashdik. Biz doimo yaxshi munosabatda bo‘lganmiz va uning yonimizga kelgani juda yaxshi bo‘ldi”, — dedi Tramp jurnalistlarga.
Maʼlumot uchun, iyun oyida Mask va Tramp o‘rtasida federal xarajatlarni qisqartirishga oid taklif sabab nizo kelib chiqqan edi. Shundan so‘ng Mask yangi siyosiy partiya tuzish g‘oyasini olg‘a surgandi.







