O'zbekiston

Turkiya va O‘zbekiston tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Sonya” qo'lga olindi

Bosh konsulxona ushbu fuqarodan jabr ko‘rganlardan murojaat qilishlarini soʻramoqda

Turkiya va O‘zbekiston tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Sonya” qo'lga olindi

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda Turkiya Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirlar natijasida, odam savdosi jinoyatini sodir etganlikda ayblanib qidiruvda boʻlgan Raxmatova Sanobar (1974-yilda tugʻilgan, “Sonya” laqabi bilan tanilgan) mamlakatimizga deportatsiya qilindi.

 

Aniqlanishicha, u 2013–2015-yillarda Tailandning Bangkok shahrida fohishaxona tashkil etib, vatandosh ayollarni yuqori daromadli ish va’dasi bilan aldab, Qozogʻiston orqali Tailandga olib borgan hamda fohishalik qilishga majburlagan jinoiy guruh tarkibida faol ishtirok etgan.

 

Mazkur shaxsning noqonuniy faoliyatidan jabrlangan fuqarolar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga yoki uning hududiy bo‘linmalariga, shuningdek, Istanbul shahridagi Bosh konsulxonaga murojaat etishlari mumkin.

 

Shuningdek, so‘nggi paytlarda firibgarlik holatlariga oid murojaatlar koʻpaygani bois, fuqarolarga hushyor bo‘lish, begona shaxslardan keladigan shubhali takliflarga ishonmaslik va firibgarlarga aldanib qolmaslik tavsiya etiladi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.