Jahon

Turkiyada yana bir o‘zbekistonlik ayol o‘ldirib ketildi

Hozirda uning jasadini O‘zbekistonga qaytarish choralari ko‘rilmoqda.

Turkiyada yana bir o‘zbekistonlik ayol o‘ldirib ketildi

Istanbulning Fatih tumanida o‘zbekistonlik ayol uyida o‘lik holda topildi. Bu haqida mahalliy telekanallar xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, asli andijonlik ekani aytilayotgan ayolning jasadi uyida 3 kun qolib ketgan, keyin qo‘shnilar sezib qolib politsiyaga xabar berishgan.

 

Ayol yashagan uyga kelgan uy egasi va do‘sti kalitsoz yordamida eshikni ochgan va ayolni bo‘g‘zidan kesilgan holda ko‘rishgan. Hozirda hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov boshlangan.

 

Bosh konsulxona xabariga ko‘ra, ayol avval deportatsiya qilingan va mamlakatga kirish taqiqlangan. Keyinchalik ism-familiyasini o‘zgartirgan holda Turkiyaga kirib borgan.

 

Hozirda ushbu jinoyat bo‘yicha Turkiyada huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tergov harakatlarini olib bormoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq samarqandlik ayol ham Turkiyada eri tomonidan o‘ldirib ketilgandi.

custom img

“75 maktub” ishi: Tashiyevga qo‘yilgan ayblov o‘zgartirildi

Bishkek shahar sudi Tashiyev va boshqa sudlanuvchilarga nisbatan avvalgi hukmni o‘zgartirib, “hokimiyatni kuch bilan egallash” moddasini almashtirdi.

custom img

Rossiyada migrantlarga yangi talab: ishlamaydigan oila aʼzosi ham soliq to‘laydi

Tegishli tartib 2027-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.

custom img

Kongodagi maktab yong‘inida kamida 24 o‘quvchi halok bo‘ldi

Yong‘in oqibatida 300 ga yaqin uy ham vayron bo‘lgan.

custom img

Isroil bir hafta ichida G‘arbiy Sohilda 100 dan ortiq falastinlikni hibsga oldi

Hibsga olinganlar orasida bolalar, jurnalistlar va yaqinda mahbuslar almashinuvi doirasida ozod qilingan sobiq mahbus ham bor.

custom img

Jazoir BAA bilan diplomatik aloqalarni uzdi

Jazoir bunga BAAning provokatsion harakatlari sabab bo‘lganini bildirdi.

custom img

Eron bilan mojaro 2029-yilgacha cho‘zilishi mumkin — WSJ

Mojaro 2029 yil yanvarida AQSHning navbatdagi prezidenti lavozimiga kirishganidan keyin ham davom etishi mumkin.

custom img

Tramp har bir katta yoshli amerikalikka 5 ming dollardan berishni vaʼda qildi

AQSH prezidenti Donald Tramp Respublikachilar partiyasi noyabr oyidagi oraliq saylovlardan so‘ng Kongress ustidan nazoratni saqlab qolsa, har bir voyaga yetgan AQSH fuqarosiga 5 ming dollardan dividend to‘lashni vaʼda qildi.

custom img

Tramp uch nafar yaqin yordamchisiga 45 ming dollardan Rojdestvo sovg‘asi bergan

Huquqshunos bunday to‘lovlar federal qonunchilikka zid bo‘lishi mumkinligini aytdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"