O'zbekiston

Surxondaryoda hokim yordamchisi boshchiligidagi guruh jinoyat bilan qo‘lga olindi

Hozirda jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov o‘tkazilmoqda.

Surxondaryoda hokim yordamchisi boshchiligidagi guruh jinoyat bilan qo‘lga olindi

Surxondaryoda hokim yordamchisi, muhandis va qishloq xo‘jaligi masʼuliga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqida DXX matbuot xizmati Zamon.uz‘ga maʼlum qildi.

 

Qayd etilishicha, Sariosiyo tumanidagi mahalla fuqarolar yig‘inlaridan biridagi hokim yordamchisi o‘z xizmat mavqeidan foydalangan holda fuqaroning ishonchiga kirib, mansabdor tanishlari orqali tuman hokimligi zaxirasidagi 2,5 gektar sug‘oriladigan yer maydonini 30 yil muddatga ijaraga olib berish evaziga 29 mln so‘m talab qilgan.

 

Davlat xavfsizlik xizmati, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Ichki ishlar idoralari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda hokim yordamchisi so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Tergovga qadar tekshiruv davomida, u ushbu pul mablag‘ini “O‘zdaverloyiha” ilmiy loyihalash institutining “Survilerloyiha” bo‘linmasi muhandisi hamda Sariosiyo tumani qishloq xo‘jaligi bo‘limi shoʻba boshlig‘iga berishi kerakligi maʼlum bo‘lgan.

 

So‘ngra tezkor tadbir davom ettirilib, muhandis va shoʻba boshlig‘i ushbu pul mablag‘ini olgan vaqtlarida ularning noqonuniy harakatlariga chek qo‘yilgan.

 

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168 va 211-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Surxondaryoda hokim yordamchisi boshchiligidagi guruh jinoyat bilan qo‘lga olindi | Zamon.uz