O'zbekiston

Toshkent, Farg‘ona va Samarqandda 66 kg narkotik modda kontrabandasiga chek qo‘yildi

Gumondorlar orasida ilgari ham giyohvandlik moddasi savdosi uchun sudlangan shaxslar aniqlangan.

Toshkent, Farg‘ona va Samarqandda 66 kg narkotik modda kontrabandasiga chek qo‘yildi

Giyohvandlik vositalarining xorijdan mamlakatimizga kontrabanda qilinishi va noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish yo‘nalishida Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari tomonidan katta miqdordagi narkotik moddalar to‘xtatib qolindi.

 

Xususan, Farg‘ona viloyati Beshariq tumanida yashovchi, 1992-y.t. fuqaro boshqaruvidagi “Cobalt” rusumli avtotransport vositasi Tojikiston Respublikasidan Beshariq tumanida joylashgan “Rovot” chegara bojxona postiga kirib kelgan vaqtida to‘xtatildi.

 

Avtomashina sinchkovlik bilan ko‘zdan kechirilganda, uning yukxonasiga o‘rnatilgan gaz ballonini ichiga 53 dona o‘ramda giyohvandlik vositalari yashirilganligi ma’lum bo‘ldi.

 

Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ushbu o‘ramlarda 50 kg 852 gr “opiy” va 6 kg 927 gr “gashish” moddalari borligi aniqlandi.

 

Tergovga qadar tekshiruv davomida avtotransport egasi ushbu ajal og‘usini Dushanbe shahridan olib kelayotganligi ma’lum bo‘ldi.

 

Bu turdagi jinoyat Samarqand viloyatida ham qayd etilib, jumladan Urgut tumanida yashovchi, 1992-y.t. fuqaro boshqaruvidagi “Gentra” rusumli avtomashina “Samarqand-Navoiy” yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan vaqtida Narpay tumani hududida Davlat xavfsizlik xizmati, Bojxona qo‘mitasi hamda Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan to‘xtatildi.

 

Avtotransport vositasi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, uning yukxonasida Tojikiston Respublikasidan olib kelingan 981 gr “geroin” moddasi borligi ma’lum bo‘ldi.

 

Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa “Andijon – Namangan” yo‘nalishida harakatlanayotgan “VAZ 2106” rusumli transport vositasi Norin tumani hududida to‘xtatilib tekshirildi.

 

Natijada, Andijon shahrida yashovchi, 1979 va 1986-yillarda tug‘ilgan aka-uka ketayotgan avtomashina salonidan 1 kg 833 gr “gashish” moddasi ashyoviy dalil sifatida olindi.

 

Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, ulardan birining yashash manzilidan ham 1 kg 469 gr “gashish” moddasi olindi.

 

Tergovga qadar tekshiruv davomida, ushbu ajal og‘usi kelgusida sotib, mo‘may daromad topish maqsadida Tojikiston Respublikasidan kontrabanda yo‘li bilan olib kelinganligi ma’lum bo‘ldi.

 

Ta’kidlash lozimki, aka-ukalarning kattasi – muqaddam aynan narkotik moddalar savdosi bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan shaxs hisoblanadi.

 

Navbatdagi holatda esa Qirg‘iz Respublikasining O‘sh shahrida yashovchi, 1985-y.t. fuqaro 3 kg 949 gr “gashish” moddasini Andijon shahrida “shartli” xaridorga 28 ming AQSH dollariga sotgan vaqtida qo‘lga olindi.

 

Aniqlanishicha, qirg‘izistonlik fuqaro ushbu ajal og‘usini muqaddam tojikistonlik narkokuryerlar tomonidan qoldirib ketilgan Toshkent viloyatining Ohangaron tumani hududidagi xufiya joydan olgan.

 

Hozirda mazkur shaxslarning barchasiga nisbatan Jinoyat Kodeksining 246 va 273-moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

custom img

Buxoro tarixiy hududida cheklov: elektrosamokat va mopedlar harakati taqiqlanadi

Yangi tartib 2026-yil 1-oktyabrdan kuchga kiradi.

custom img

Hindiston va Bangladesh fuqarolarini OTMlarga qabul qilmaslik bo‘yicha ko‘rsatma berildimi?

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tarqalgan xabarlarga oydinlik kiritdi.

custom img

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Ispaniyada Terres oltin mukofotini qo'lga kiritdi

Ben Kingsli ishtirokidagi “Ma’rifat aks-sadosi” — New York Festivals hamda Kann korporativ media va televideniye festivali finalisti.

custom img

“Yashil makon”da sun’iy intellekt qo‘llaniladi: tuproq, iqlim va suv ta’minoti tahlil qilinadi

Prezident ishlar samaradorligini ekilgan ko‘chatlarning bir, uch va besh yildan keyingi holati asosida baholash zarurligini ta’kidladi.

custom img

Vino shishasi va qadoqlangan ziravorlar: Tailanddan O‘zbekistonga narkotik olib kirilishining oldi olindi

13 kgdan ortiq “gashish moyi”ning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

custom img

Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi: O‘zbekistonda 3 hududda sezildi

Tog‘li Badaxshon hududidagi zilzila 4,9 magnitudani tashkil etgan.

custom img

Rossiya, Vetnam va Tailanddagi tajriba: Chirchiqda narkolaboratoriya fosh etildi

Giyohvandlik vositalarini tayyorlash va sotish bilan shug‘ullangan 4 nafar fuqaro ushlandi.

custom img

“Mutlaqo xavfsiz”, “nojo‘ya taʼsiri yo‘q”: Raqobat qo‘mitasi tibbiy xizmatlar reklamasi bo‘yicha ogohlantirdi

Qo‘mita tibbiy xizmatlar reklamasida davolash natijasini kafolatlash, mutlaq xavfsizlikni vaʼda qilish yoki qarshi ko‘rsatmalarni inkor etishga yo‘l qo‘yilmasligini eslatdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"