O'zbekiston

Namanganda fuqaroning murojaati ijobiy hal etilmoqda

Hokimlik ishchi guruhi fuqaro bilan uchrashib, amaliy choralar ko‘rdi.

Namanganda fuqaroning murojaati ijobiy hal etilmoqda

Namangan viloyati Norin tumani hokimi Jorabek Nurmatovga murojaat qilingan fuqaro xati orqali o‘z muammolarini bildirdi. Xatda Salima Qoldosheva 13 yildan beri uysiz ekanligi, oilaviy qiyinchiliklar va ota-onasining vafoti haqida ma’lumot bergan.

 

24-sentabr kuni Norin tumani hokimligi tomonidan ishchi guruhi fuqaro bilan uchrashuv o‘tkazdi. Aniqlanishicha, Salima Qoldosheva avval hokim yoki hokimlikka murojaat qilmagan bo‘lib, xat orqali muammoni ilgari surgan. Hozirda aholiga amaliy yordam ko‘rsatish choralarini ko‘rish boshlandi, shu jumladan uni “Ayollar daftariga” ro‘yxatga kiritish ishlari boshlangan.

 

Ukasi A. Qoldoshev xorijda bo‘lganligi bois mahalla yoshlar yetakchisi orqali videoaloqa yo‘li bilan muloqot o‘tkazildi va 10 kun ichida migratsiyadan qaytarish hamda muammolarni hal qilish choralarini ko‘rish rejalashtirilmoqda.

 

Hokimlik ma’lum qilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda xat yozilgan uy konteyner uy emasligi va atrof qo‘rgon qilib o‘ralganligi kuzatilgan. Bu voqea mahalliy hokimiyat va aholi o‘rtasida ijobiy muloqot va ijtimoiy himoyani kuchaytirish imkonini yaratmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.