Jahon

Xitoysiz Putin Rossiyasi hech narsa emas — Zelenskiy

Ukraina rahbari BMTda Xitoy pozitsiyasini tanqid qildi.

Xitoysiz Putin Rossiyasi hech narsa emas — Zelenskiy

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan BMT Xavfsizlik Kengashi yig‘ilishida nutq so‘zlab, Rossiya va Xitoy haqida keskin bayonotlar bilan chiqdi.

 

Zelenskiyning taʼkidlashicha, Vladimir Putin Ukraina bilan urushni to‘xtatish haqida bevosita muzokaralar o‘tkazishdan qo‘rqadi.

 

“Putin Ukraina va butun dunyo bilan yuzma-yuz o‘tirib, faqat urushni istashini ochiq tan olishdan qo‘rqadi. Shu bois u delegatlarini yuborib, qon to‘kilishni to‘xtatishga intilayotgandek ko‘rsatmoqchi bo‘ladi. Ammo bu — diplomatik ko‘zbo‘yamachilik xolos”, — dedi Ukraina rahbari.

 

U, shuningdek, Xitoyga murojaat qilib, Rossiyaning hozirda unga qattiq bog‘liq ekanini taʼkidladi: “Agar Xitoy chindan ham bu urushni to‘xtatmoqchi bo‘lsa, Moskvani bosqinni to‘xtatishga majbur qilgan bo‘lardi. Xitoysiz Putin Rossiyasi hech narsa emas. Biroq Xitoy ko‘p hollarda jim turadi va tinchlik yo‘lida faol harakat qilish o‘rniga kuzatuvchi bo‘lib qolmoqda”, — dedi Zelenskiy.

 

Shu bilan birga, Ukraina prezidenti AQSHning sobiq rahbari Donald Tramp bilan uchrashuvi haqida ham to‘xtalib, uni “ajoyib” deb baholadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ular tinchlikka erishish bo‘yicha bir nechta g‘oyalarni muhokama qilgan va bu g‘oyalar samara berishiga umid bildirgan.

 

“Biz Qo‘shma Shtatlarning harakatlari Rossiyani tinchlikka majburlashiga ishonamiz. Moskva AQSHdan qo‘rqadi va doimo unga eʼtibor qaratgan”, — dedi Zelenskiy.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Xitoysiz Putin Rossiyasi hech narsa emas — Zelenskiy | Zamon.uz