Xorazmdagi YTHda skuter haydovchisi halok bo‘ldi
U yo‘lni kesib o‘tayotganda Cobalt bilan to‘qnashib ketgan.

Xorazm viloyatining Urganch tumanida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqida viloyat IIB YHXB maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, voqea 23 sentyabr kuni D-218 avtomobil yo‘lining 8-kilometrida sodir bo‘lgan. 20 yoshli haydovchi boshqaruvidagi Cobalt yo‘lni o‘ngdan chapga kesib o‘tayotgan skuterni urib yuborgan. Oqibatda skuter haydovchisi joyida halok bo‘lgan.
Holat yuzasidan Urganch tumani IIB tergov bo‘limi tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Maʼlumot uchun, 1 oktyabrdan boshlab O‘zbekistonda moped va skuterlarni boshqarish uchun haydovchilik guvohnomasi talab etiladi. Shu bois barcha haydovchilardan yo‘l harakati qoidalariga qatʼiy rioya etish orqali yo‘llarda xavfsizlikni taʼminlash so‘ralmoqda.







