Jahon

Yevropa mamlakatlari jahannam tomon ketmoqda — Tramp

AQSH rahbari Yevropa mamlakatlarini keskin tanqid qildi. London shahar meri esa unga javob qaytarib, yomon niyatli odamlarga eʼtibor qilmaslikni maslahat berdi.

Yevropa mamlakatlari jahannam tomon ketmoqda — Tramp

AQSH prezidenti Donald Tramp BMT Bosh Assambleyasidagi nutqida Yevropa mamlakatlarini keskin tanqid qilib, ular ommaviy va noqonuniy migratsiya oqibatida “jahannam tomon ketmoqda”, deb bayonot berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, qitʼani migrantlar to‘lqini qamrab olgan va hech kim bu jarayonni to‘xtatish uchun jiddiy chora ko‘rmayapti. Tramp London misolida shahar butunlay o‘zgarganini, ayrim kuchlar esa hatto shariat qonunlarini joriy etishga intilayotganini taʼkidladi.

 

U, shuningdek, migrantlar G‘arbning yaxshiliklariga zo‘ravonlik va qotillik bilan javob qaytarishini aytib, har bir davlat o‘z chegarasi va madaniyatini himoya qilish huquqiga ega bo‘lishi zarurligini bildirdi. Prezident nasroniylik eng ko‘p taʼqib etilayotgan dinlardan biri ekanini eslab, G‘arbning o‘ziga xos qadriyatlarini himoya qilishga chaqirdi.

 

Tramp iqlim o‘zgarishi masalasiga ham to‘xtalib, buni “barcha davrlardagi eng katta yolg‘on” deb atadi va “yashil energetika”ni haddan tashqari qimmat hamda samarasiz afsona sifatida baholadi. Uning taʼkidlashicha, Yevropa havoni toza qilish uchun zavodlarni yopib qo‘ygan bir paytda, boshqa davlatlar okean va havoga tonnalab chiqindilar tashlamoqda.

 

Amerika rahbari BMTni ham tanqid qilib, tashkilot muammolarni hal etmasdan, balki yangilarini yaratayotganini, jumladan noqonuniy migrantlarni tinch mamlakatlarga kirishini moliyalashtirayotganini bildirdi. Shu bilan birga, u AQSHdagi noqonuniy migrantlarni hayvonlarga qiyosladi.

 

Tramp Ukrainadagi mojaroni esa AQSHning avvalgi rahbariyati xatolari bilan bog‘ladi va Yevropa mamlakatlariga murojaat qilib, ular Rossiyaga qarshi kurash olib borish bilan bir vaqtda uning energetik resurslarini xarid qilishda davom eta olmasligini, bu “xiyonat” sifatida baholanishi mumkinligini taʼkidladi. U Xitoy va Hindiston Rossiya bilan iqtisodiy aloqalari orqali Ukrainadagi urushni moliyalashtirayotganini ham qo‘shimcha qildi.

 

Shu bilan birga, prezident AQSHning xalqaro hamkorlikka ochiq ekanini bildirib, “Biz birgalikda xavfsiz va farovon dunyo qura olamiz”, dedi. U nutqini o‘z uslubida yakunlab, “Men doimo haqman, voqealarni oldindan ko‘ra olaman. Menda ‘Tramp hamma narsada haq‘ deb yozilgan kepka bor”, deya qo‘shimcha qildi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Yevropa mamlakatlari jahannam tomon ketmoqda — Tramp | Zamon.uz