O'zbekiston

Farg‘onada gaz taʼminoti bo‘limi boshlig‘i va qurilish inspeksiyasi bosh mutaxassisi pora bilan qo‘lga tushdi

Hozirda ikkala shaxsga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Farg‘onada gaz taʼminoti bo‘limi boshlig‘i va qurilish inspeksiyasi bosh mutaxassisi pora bilan qo‘lga tushdi

Farg‘ona viloyatidagi tumanlardan birining gaz taʼminoti bo‘limi boshlig‘i mansab vakolatini suiisteʼmol qilgan holda, 10 ta xonadonni yuqori bosimli tabiiy gaz tarmog‘iga ulab berish evaziga har bir xonadondan 1000 AQSH dollaridan jami 10 000 AQSH dollari talab qilgan.

 

Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda mazkur mansabdor shaxs so‘ralgan pul mablag‘ini o‘zining tanishi orqali olgan vaqtida ushlangan.

 

Taʼkidlanishicha, tuman gaz taʼminoti bo‘limi rahbari muqaddam sudlangan bo‘lsada o‘z xatosidan to‘g‘ri xulosa chiqarmagan.

 

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Boshqa holatda esa Farg‘ona viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasining bosh mutaxassisi xizmat mavqeidan foydalangan holda, Quva tumanida joylashgan 4 sotix yer maydonida qurilishi tugallanmagan bino-inshootlarning hujjatlarini kadastr, arxitektura kabi mutasaddi tashkilotlarda ishlovchi tanishlari orqali rasmiylashtirib berish evaziga 5000 AQSH dollari talab qilgan.

 

DXX va IJQKD xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda bosh mutaxassis oldindan 1000 AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

 

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168-moddasi 3-qismi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Farg‘onada gaz taʼminoti bo‘limi boshlig‘i va qurilish inspeksiyasi bosh mutaxassisi pora bilan qo‘lga tushdi | Zamon.uz