Toshkentda uylardan biri yonib ketdi
Yong‘in yarim soatdan ortiq vaqtda o‘chirilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Chilonzor tumanidagi “Ippodrom” bozorida yong‘in yuz bergani haqida xabar tarqalgandi. Holat yuzasidan shahar FVB maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, 25 sentyabr kuni soat 13:51 da Chilonzor tumani Beshqo‘rg‘on ko‘chasida shaxsiy xonadonlarning birida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 13:54 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 14:12 da qurshab olingan va yong‘in soat 14:30 da o‘chirilgan.
Vaziyat Toshkent shahar FVB tomonidan to‘liq nazoratga olingan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar to‘g‘risida xabar tushmadi.







