Jahon

“Falastin davlatini tan olish terrorizmni osonlashtiradi” - Netanyaxu

Isroil Bosh vazirining BMT Bosh Assambleyasida so‘zlagan nutqi G‘azoda ovoz kuchaytirgichlar hamda falastinliklarning aloqa vositalari orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatildi.

“Falastin davlatini tan olish terrorizmni osonlashtiradi” - Netanyaxu

26-sentabr kuni Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tayotgan BMT Bosh Assambleyasi yalpi majlisida nutq so‘zladi.

 

O‘z chiqishida u “XAMAS”ni zudlik bilan qurolsizlantirish va garovga olinganlarni ozod qilishga chaqirdi. Bosh vazirning ta’kidlashicha, “agar garovdagilar ozod qilinsa va XAMAS qurolni topshirsa, mojaro darhol yakunlanadi”. Shu munosabat bilan u G‘azo sektori xavfsizligi ustidan Isroil nazorati saqlanishi zarurligini qayd etdi.

 

Netanyaxu, shuningdek, Falastin davlatini tan olish masalasiga to‘xtalar ekan, uni qat’iyan rad etishini yana bir bor bildirdi. Unga ko‘ra, “Isroil fuqarolarining xavfsizligiga tahdid soluvchi guruhlar boshqaruvidagi davlat tuzilmasi qabul qilinishi mumkin emas”. Bosh vazir Falastin ma’muriyatidagi korrupsiya holatlarini ham tanqid qildi.

 

Isroil rahbari Falastin davlatini tan olgan mamlakatlarni keskin qoralab, ularni “XAMASga taslim bo‘lishda” aybladi va “bunday qarorlar terrorizmni osonlashtiradi” deya ta’kidladi. Shu bilan birga, Netanyaxu AQSh prezidenti Donald Trampga Isroilni qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik izhor etdi.

 

Nutqdan avval Isroil delegatsiyasi 2023-yil 7-oktabr kuni XAMAS tomonidan amalga oshirilgan hujum haqidagi videolavhani namoyish qildi. Unda terrorchilarning tana kameralari orqali yozib olingan kadrlar ham aks ettirildi. Netanyaxu minbardan QR-kod namoyish etib, xohlovchilar ushbu lavhani to‘liq ko‘rishlari mumkinligini ma’lum qildi.

 

Nutq davomida Isroil armiyasi G‘azo chegarasida va shahar ichida ovoz kuchaytirgichlar o‘rnatib, shuningdek, aholi va jangarilarning telefonlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatish orqali Bosh vazir murojaatini efirga uzatdi. Netanyaxu garovga olinganlarga ibroniy va ingliz tillarida murojaat qilib:

“Biz sizni bir lahza ham unutmadik. Sizlarni uylaringizga qaytarmagunimizcha jim turmaymiz”, — deya ta’kidladi.

 

Uning chiqishi paytida Bosh Assambleya zalini birinchi bo‘lib arab va musulmon davlatlari delegatsiyalari tark etdi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

“Falastin davlatini tan olish terrorizmni osonlashtiradi” - Netanyaxu | Zamon.uz