Jahon

Qirg‘izistonda 24 nafar amaldor yig‘ilishning o‘zida hibsga olindi

Ular yirik korrupsion sxemaga aloqadorlikda ayblanmoqda.

Qirg‘izistonda 24 nafar amaldor yig‘ilishning o‘zida hibsga olindi

24-sentyabr kuni Qirg‘izistonda yirik korrupsion sxemaga aloqador amaldorlar olindi . Ularning barchasi Davlat Milliy xavfsizlik qo‘mitasi rahbari Qamchibek Tashiyev bilan uchrashuvga taklif qilinib, qo‘llariga kishan solingan holda olib chiqilgan.

 

Razvedka agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, ushbu sxemaga davlat soliq xizmati xodimlari, chegara xizmati xodimlari, veterinariya va fitosanitariya xavfsizligi davlat inspeksiyasi xodimlari hamda Qirg‘iziston Respublikasi Transport va kommunikatsiyalar vazirligi huzuridagi Og‘irlik va o‘lchovlar nazorati davlat inspeksiyasi xodimlari jalb qilingan.

 

Ular Chuy viloyatidagi “Chaldovar-Avtodorojniy” nazorat-o‘tkazish punkti orqali YEOII davlatlaridan noqonuniy ravishda tovarlar olib kirish sxemasini uyushtirgan. Buni amalga oshirish uchun ular turli kompaniyalardan foydalanib, soxta hujjatlarni tayyorlashgan.

 

Ushbu xizmat evaziga vositachilarga har bir yuk mashinasi uchun 1500 dan 2000 dollargacha to‘lashgan. Noqonuniy yig‘imlar kuniga 80 ming so‘mga yetgan. Davlat budjetiga yetkazilgan zarar millionlab somlarda baholanmoqda.

 

24 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi aybdorlarni zudlik bilan ishdan bo‘shatish va barcha aloqador shaxslarni, shuningdek, sxemaga aloqador shaxslarning mol-mulkini xatlash haqida ko‘rsatma bergan.

 

Tashiyev, shuningdek, boshqa nazorat-o‘tkazish punktlarida, jumladan, “Ak-Jol” va “Ak-Tilek”da ham korrupsiya saqlanib qolganini taʼkidladi. U mamlakat bo‘ylab barcha chegara o‘tish punktlarida xuddi shunday tekshiruv o‘tkazishni buyurdi.

 

 

 

 

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Qirg‘izistonda 24 nafar amaldor yig‘ilishning o‘zida hibsga olindi | Zamon.uz