O'zbekiston

O‘zbekiston delegatsiyasi SHHT yosh mualliflari konferensiyasida ishtirok etdi

Shuhrat Orif va Javlon Jovliyev Dehlida boʻlib o‘tgan yosh mualliflari anjumanida nutq so‘zladi.

O‘zbekiston delegatsiyasi SHHT yosh mualliflari konferensiyasida ishtirok etdi

Joriy yilning 25–26-sentyabr kunlari Dehli shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) yosh mualliflarining ikkinchi konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari, taniqli ijodkorlar Shuhrat Orif va Javlon Jovliyev faol ishtirok etishdi.

 

Xalqaro tadbir SHHT Kotibiyati, Hindiston Ta’lim vazirligi va ushbu mamlakat Milliy kitob jamg‘armasi hamkorligida tashkil etildi.

 

Konferensiya ishtirokchilari “Raqamli davrda ijodiy makon dinamikasi: SHHT yosh mualliflarining muloqoti” mavzusini muhokama qilishdi. Anjumandan ko‘zlangan maqsad — bugungi kunda raqamli texnologiyalar san’at, adabiyot va intellektual almashinuvni qanday o‘zgartirayotganini muhokama qilish uchun SHHTga a’zo davlatlarning yosh yozuvchi va ijodkorlarini birlashtirishdan iborat bo‘ldi.

 

O‘zbekiston delegatsiyasining mazkur forumdagi ishtiroki mamlakatimizning SHHT faoliyatidagi, xususan, Tashkilotning yoshlarga oid siyosatini amalga oshirish jarayonidagi izchil va faol pozitsiyasini ifodalaydi. Anjuman mamlakat rahbariyatining iqtidorli yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ijodiy va intellektual salohiyatini yuzaga chiqarishga qaratilgan tashabbuslarini ilgari surish uchun yana bir xalqaro muloqot platformasini bajardi.

 

Konferensiya dasturi doirasida o‘zbekistonlik yosh mualliflar asosiy sessiyalarda ma’ruza qilishdi. Shuhrat Orif “An’anaviy va raqamli teleraodioeshittirishning konvergentsiyasi” mavzusidagi muhokamada so‘zga chiqib, O‘zbekistonning zamonaviy kontentni yangi media formatlarga moslashtirish bo‘yicha to‘plagan tajribasini taqdim etdi.

 

Javlon Jovliyev esa “Ijod va matbaa ishi” sessiyasida ishtirok etib, zamonaviy adabiy jarayonlar va raqamli asrda mualliflar oldida turgan dolzarb vazifalar haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

 

O‘zbekiston vakillarining SHHT yosh mualliflar anjumani kabi muhim xalqaro tadbirlarda ishtirok etishi katta ahamiyatga ega. Bu nafaqat Tashkilotga a’zo davlatlar o‘rtasidagi gumanitar va madaniy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi, balki o‘zbek yoshlarining jahon miqyosida ijodiy va intellektual salohiyati yuksalib borayotganini ham yaqqol namoyon etadi.

 

SHHT yosh mualliflarining ikkinchi konferensiyasi Dehlida O‘zbekiston, Hindiston, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Pokiston, Rossiya, Tojikiston, Belarus va Eron­dan 30 ga yaqin muallif va ijodkorlarni birlashtirdi. Birinchi konferensiya ham 2023-yil aprel oyida Hindiston poytaxtida bo‘lib o‘tgan.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekiston delegatsiyasi SHHT yosh mualliflari konferensiyasida ishtirok etdi | Zamon.uz