Jahon

Forbes: Tramp oilasining boyligi 7,3 milliard dollarga yetdi

Donald Tramp dunyoning eng boy kishilari reytingida 118 pog‘ona yuqorilab, 201-o‘rinni egalladi.

Forbes: Tramp oilasining boyligi 7,3 milliard dollarga yetdi

Forbes jurnalining ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh prezidenti Donald Tramp va uning turmush o‘rtog‘i Melania Trampning umumiy boyligi 2024-yil noyabridan buyon 3 milliard dollarga ortib, 7,3 milliard dollarga yetgan. Natijada, Donald Tramp dunyoning eng boy kishilari reytingida 118 pog‘ona yuqorilab, 201-o‘rinni egalladi.

 

Nashr hisob-kitoblariga ko‘ra, boylikning asosiy qismi — qariyb 2 milliard dollar Trampning kriptovalyuta sohasidagi investitsiyalari bilan bog‘liq. Shuningdek, Nyu-York apellyatsiya sudi tomonidan firibgarlik ishi doirasida unga nisbatan belgilangan jarimaning bekor qilinishi davlat rahbariga 500 million dollarni tejash imkonini bergan.

 

Forbes qayd etishicha, Tramp o‘z brendini poyabzal, soat va atir kabi mahsulotlarda litsenziyalash orqali qo‘shimcha 400 million dollar daromad olgan. Melania Tramp esa kitoblari, chiqishlari va shaxsiy kriptovalyuta (memcoin) loyihasi orqali oilaviy mablag‘ni yana 200 million dollarga oshirgan.

 

Shuningdek, Tramp oilasining boshqa a’zolari ham sezilarli daromad o‘sishiga erishgan. Donald Jr. va Eric Trampning shaxsiy boyliklari keskin oshgan bo‘lib, ular American Bitcoin va World Liberty Financial kompaniyalarida ulushlarga ega. Ivanka Trampning turmush o‘rtog‘i Jared Kushner esa Affinity Partners investitsiya kompaniyasi orqali 4,6 milliard dollardan ortiq mablag‘ jalb qilib, milliarderlarga qatoriga qo‘shilgan. U, shuningdek, Trampning ko‘chmas mulk biznesida 560 million dollarlik ulushga egalik qiladi.

 

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

Forbes: Tramp oilasining boyligi 7,3 milliard dollarga yetdi | Zamon.uz