O'zbekiston

Toshkentda Cobalt haydovchisi piyodani urib yubordi

Jabrlanuvchiga birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, qo‘shimcha tekshiruvlar o‘tkazilmoqda.

Toshkentda Cobalt haydovchisi piyodani urib yubordi

Toshkent shahrining Yunusobod tumanida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, voqea 27-sentabr kuni soat 18:30 da Amir Temur ko‘chasida sodir bo‘lgan.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 1988-yilda tug‘ilgan haydovchi F.R. boshqaruvidagi Cobalt rusumli avtomobil tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan fuqaroni urib yuborgan. Hodisadan so‘ng jabrlanuvchiga zudlik bilan shifokorlar tomonidan birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Hozirda uning sog‘lig‘i bo‘yicha qo‘shimcha tibbiy tekshiruvlar o‘tkazilmoqda.

 

Hodisa yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari boshlangan. YTH sabablari va haydovchining harakatlariga huquqiy baho sudga oid ekspertiza natijalari asosida beriladi.

 

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Surxondaryo viloyati Shurchi tumanida Damas rusumli avtomobil piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan to‘rt nafar fuqaroga urib ketgani xabar qilingandi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkentda Cobalt haydovchisi piyodani urib yubordi | Zamon.uz