Buyuk Britaniyada 12 ta yangi shaharcha quriladi
Har bir shaharchada 300 mingdan ortiq uy bunyod etilishi ko‘zda tutilgan.

Buyuk Britaniya hukumati 12 ta yangi shaharcha barpo etish tashabbusini ilgari surdi.
Leyboristlar partiyasi yetakchisi va Bosh vazir Key Starmerning ta’kidlashicha, mazkur loyiha mamlakatda uy-joy muammosini hal etishga qaratilgan bo‘lib, har bir shaharchada 300 mingdan ortiq uy qurilishi rejalashtirilgan.
Daily Mail nashrining yozishicha, dastlabki uchta shahar Bedfordshir, Lids va Shimoliy London hududlarida bunyod etilishi kutilmoqda. Qurilish ishlari keyingi saylovlargacha boshlanishi rejalashtirilgan.
Starmerning so‘zlariga ko‘ra, loyiha ayniqsa, hali uy-joy sotib olish imkoniyatiga ega bo‘lmagan 40 yoshgacha bo‘lgan britaniyaliklar uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Eslatib o‘tamiz, Leyboristlar partiyasi o‘z saylovoldi dasturida parlamentning joriy muddatida 1,5 millionta yangi uy qurilishini va’da qilgan edi.







