O'zbekiston

Toshkent viloyatida bolalarning zaharlanishi holatini Bosh prokuratura nazoratga oldi

Barcha davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga autsorsing shartnomasi asosida oziq-ovqat mahsulotlari yetkazilib berilishi ahvoli yuzasidan o‘rganish ishlari boshlandi.

Toshkent viloyatida bolalarning zaharlanishi holatini Bosh prokuratura nazoratga oldi

Joriy yilning 24 sentyabr kuni Toshkent viloyatining Piskent, Bo‘ka, Bekobod, Quyichirchiq va Oqqo‘rg‘on tumanlarida maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyalanuvchilarining zaharlanish holatlari aniqlangandi. Holat bo‘yicha Bosh prokuratura rasmiy bayonot berdi.

 

Qayd etilishicha, ushbu holat yuzasidan Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan bir nechta autsorsing xizmatini ko‘rsatuvchi xususiy korxonalar masʼul shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 257-1-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Tergov ishi sinchkovlik bilan to‘la va sifatli o‘tkazilishini taʼminlash maqsadida jinoyat ishi Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olingan hamda Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari B.Valiyev rahbarligida maxsus ishchi guruh tuzilgan.

 

Tergov davomida ushbu autsorsing korxonalar tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berilgan barcha maktabgacha taʼlim muassasalaridagi tarbiyalanuvchilar to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi, tashxis-davolash ishlari tashkil etilgan.

 

Hozirda tibbiy yordam ko‘rsatilgan bolalar orasida og‘ir va o‘ta og‘ir darajada kasallanganlar mavjud emas, vaziyat shifokorlarning to‘liq nazoratida.

 

Shuningdek, yuqoridagi kabi holatlar takrorlanishini oldini olish maqsadida prokuratura organlari tomonidan barcha davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga autsorsing shartnomasi asosida oziq-ovqat mahsulotlari yetkazilib berilishi ahvoli yuzasidan o‘rganish ishlari tashkil etildi.

 

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda, uning yakuni bo‘yicha ommaviy axborot vositalari orqali jamoatchilikka qo‘shimcha axborot taqdim etiladi.

custom img

625 grammlik “yuk”: uch holat fosh etildi

Xorazm va Jizzaxda o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda giyohvandlik vositalari yashirilgan uchta holat fosh etildi.

custom img

Ekopolitsiya xodimi o‘limi: uch nafar shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Ekopolitsiya inspektori Sirdaryo daryosi o‘zanida o‘tkazilgan tezkor reyd davomida xizmat vazifasini bajarish vaqtida halok bo‘lgan edi.

custom img

Reysingiz kechikdimi? Endi sizga kompensatsiya to‘lanishi mumkin

Raqobat qo‘mitasiga havo transporti xizmatlari bo‘yicha murojaatlar soni yilning birinchi yarmida 4,1 baravarga oshgan.

custom img

Navoiydagi konda fojia: ikki ishchi halok bo‘lgan, jabrlanganlar ham bor

Hozircha NKMK voqea yuzasidan rasmiy munosabat bildirganicha yo‘q.

custom img

20 millionlik jarimani “yo‘q qilish” 500 dollarga tushdi

Samarqandda “Energosavdo” muhandisi 20 mln so‘mlik jarimani bekor qilish evaziga pul talab qilgan.

custom img

Glinkadagi portlashdan keyin “navbat” yana 10 ta gaz quvurlariga keldi

Hodisadan so‘ng Toshkentning boshqa hududlaridagi gaz tarmoqlarini tekshirish uchun maxsus ishchi guruh tuzildi.

custom img

2 200 dollar evaziga “Umra”: firma vakillari qo‘lga tushdi

Farg‘ona va Namanganda fuqarolarni noqonuniy ravishda “Umra” ziyoratiga yuborishni vaʼda qilib, pul talab qilgan sayyohlik firmasi vakillari qo‘lga olindi.

custom img

77 ta chiqindi poligonida saralash xizmati bo‘yicha tanlov e’lon qilindi

Tanlov orqali chiqindilarni saralashni yo‘lga qo‘yish va qayta ishlashga yo‘naltiriladigan chiqindilar hajmini oshirish ko'zda tutilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"