O'zbekiston

“Yo‘l”: 250 km masofa bosib maktabga boruvchi o‘qituvchi haqida film ishlandi

Prezident tomonidan avtomobil bilan taqdirlangan Billura Ikromova faoliyati namoyish etildi.

“Yo‘l”: 250 km masofa bosib maktabga boruvchi o‘qituvchi haqida film ishlandi

Xabaringiz bor, yaqinda O‘zbekiston Prezidentining o‘qituvchi va murabbiylar bilan muloqotida buxorolik ingliz tili o‘qituvchisi Billura Ikromova faoliyati alohida eʼtirof etilib, unga Prezident sovg‘asi – BYD Chazor avtomobili topshirilgan edi. Ushbu o‘qituvchining respublika bo‘ylab shuncha ustozlar orasidan Prezident tomonidan taqdirlanishi bejiz emas. Billura Ikromova nafaqat o‘qituvchi, balki zamon qahramoni, kasbining fidoyisidir.

 

 

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan ustozlarning fidoyi mehnatlari, ular bosib o‘tayotgan mashaqqatli yo‘l hamda intiluvchan va iqtidorli yosh pedagoglarning tashabbuslariga bag‘ishlangan “Yo‘l” filmi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Mazkur hujjatli film “Najot” loyihasi doirasida suratga olingan va unda buxorolik ustoz Billura Ikromovaning hayoti hikoya qilinadi.

 

 

Oilada ota-onasiga ikki qizning kichigi bo‘lgan Billura o‘z bilimi bilan oliygohga kirgan, baxtini ham shu oliygohda topgan. Onalik vazifasi tufayli, magistraturada o‘qishi 10 yilga kechikkan, ammo uni tushungan va qo‘llab-quvvatlagan turmush o‘rtog‘i sabab u o‘qishini Angliyada davom ettiradi. O‘qishi tugagach, o‘z yurtiga qaytgan Billura zamonaviy taʼlim metodikalarini nomdor shahar maktablarida emas, Romiton tumanining eng chekka hududidagi sharoiti og‘ir 38-maktabda qo‘llashni tanlaydi. Eng hayratlanarlisi yosh o‘qituvchi bolalarga taʼlim berish uchun Kogondan Romitonga sahar yo‘lga chiqib, 250 km masofani bosib o‘tadi. Bu qiyinchiliklarni bo‘yniga olgan Billura hammasiga chidadi, turmush o‘rtog‘i, ota-onasi, qaynona-yu qaynotasi uni qo‘lladi, yordam berdi. U uddaladi, maktabda eng sevimli o‘qituvchiga aylandi, u sabab chekka qishloqdagi bolalar ingliz tilini mukammal bila boshladi. Eng muhim, bugun o‘sha sharoiti og‘ir maktab barchaga taniqli bo‘ldi va endilikda zamonaviy sharoitlar asosida qayta taʼmirlab beriladigan bo‘ldi.

 

 

Film taqdimotiga qahramon ustozning ota-onasi ham taklif etildi. Maʼlum bo‘lishicha, Billura Ikromova Prezident tomonidan berilgan mashinani otasiga sovg‘a qilibdi. Zamonaning eng mahoratli o‘qituvchisining ota-onasi bugun qizining muvaffaqiyatlaridan boshi osmonda.

 

Filmning rasmiy namoyishiga start berildi. Endilikda millatni bilimli qilishdek faoliyat uchun mashaqqatli yo‘lni tanlagan va o‘qituvchilik kasbi orqali zamon qahramoniga aylangan Billura Ikromova haqidagi hujjatli film respublika bo‘ylab keng namoyish etiladi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

“Yo‘l”: 250 km masofa bosib maktabga boruvchi o‘qituvchi haqida film ishlandi | Zamon.uz