Buxoroda bo‘sh turgan 3 qavatli bino yonib ketdi
Hozirda yong‘in sababi va yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Bugun, 30-sentabr kuni soat 19:17 da Buxoro viloyati Jondor tumani “Sho‘robod” MFY, Yangihayot qishlog‘ida joylashgan, hozirda faoliyat yuritmayotgan 3 qavatli binoda yong‘in sodir bo‘lgani haqida FVBga xabar kelib tushgan.
Zudlik bilan 6 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga yetib borgan. Yong‘in soat 19:30 da o‘rab olinib, 20:55 da to‘liq bartaraf etilgan.
Hozirda yong‘in sababi va yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Yong‘in oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar haqida ma’lumot kelib tushmadi.







