Jahon

Pokistonda terakt sodir bo‘ldi

Oqibatda kamida 10 kishi halok bo‘lgan.

Pokistonda terakt sodir bo‘ldi

Bugun, 30 sentyabr kuni Pokistonning Kvetta shahridagi chegara qo‘shinlari boshqarmasi oldida potrlash yuz berib, kamida o‘n kishi halok bo‘ldi, 32 kishi turli darajada tan jarohati oldi.

 

Rasmiy maʼlumotlarga ko‘ra, portlashdan so‘ng qurollangan guruh qo‘shin postiga hujum qilishga uringan, natijada xavfsizlik kuchlari bilan to‘qnashuv yuz bergan. Jang paytida bir necha hujumchi vafot etgani xabar qilinmoqda. Jabrlanganlar orasida ham fuqarolar, ham harbiy xizmatchilar bor.

 

Hozircha hujum uchun masʼuliyatni hech bir tashkilot o‘z zimmasiga olmagan. Shu bilan birga, Balujiston mintaqasidagi ajraluvchi guruhlar faoliyati tufayli hodisaga kimlar aloqador bo‘lishi mumkinligi haqida turli taxminlar aytilmoqda.

 

Pokiston prezidenti va bosh vaziri voqeani keskin qoralab, aybdorlarga nisbatan qatʼiy choralar ko‘rilishini bildirdi. Hukumat qurbonlar oilasiga taʼziya yo‘lladi, jabrlanganlar esa shifoxonalarga joylashtirildi.

 

Maʼlumot uchun, Balujiston strategik ahamiyatga ega hudud bo‘lib, u yerda Xitoy–Pokiston iqtisodiy yo‘lagi kabi yirik loyihalar amalga oshirilmoqda. Kvettadagi ushbu portlash mintaqaning xavfsizligi va barqarorligiga jiddiy tahdid sifatida baholanmoqda.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

Pokistonda terakt sodir bo‘ldi | Zamon.uz