O'zbekiston

Qoraqalpog‘istonda ilk bor “Salomatlik marafoni” o‘tkazilmoqda

Unda 800 nafardan ziyod shifokor va hamshiralar ishtirok etyapti.

Qoraqalpog‘istonda ilk bor “Salomatlik marafoni” o‘tkazilmoqda

2–31 oktabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasida birinchi marta keng ko‘lamli “Salomatlik marafoni” tashkil etilmoqda.

 

Tadbirning asosiy maqsadi aholining keng qatlamini profilaktik ko‘rik va skrining tekshiruvlariga jalb etish, sog‘liqqa mas’uliyatni oshirish hamda kasalliklarning oldini olish bo‘yicha bilim va tushunchalarni boyitishdan iborat.

 

Marafon doirasida Nukus shahrining 96,7 ming nafardan ortiq aholisi bir vaqtning o‘zida 7 turdagi skrining va profilaktik ko‘riklar bilan qamrab olinadi. Buning uchun mobil mammograf, ftyuorograf, angiograf, UZI apparatlari va oftalmologik jihozlar jalb etiladi, klinik va biokimyoviy tekshiruvlar o‘tkaziladi.

 

800 nafardan ziyod shifokor va hamshiralar, jumladan Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari hamda ularning filiallari yetakchi mutaxassislari, shuningdek xorijiy mutaxassislar ishtirok etadi.

 

Zamonaviy mobil va statsionar tibbiy uskunalar yordamida aholiga chuqurlashtirilgan tibbiy tekshiruvlar o‘tkaziladi.

 

Nukus shahridagi 12 ta oilaviy poliklinika, Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti klinikasi hamda uchta jamoat joyida tashkil etiladigan “Salomatlik maydonchalari” orqali aholiga tibbiy xizmatlar bevosita yaqinlashtiriladi.

 

Marafon ikki bosqichda, haftaning barcha kunlari, soat 08:00 dan 17:00 gacha davom etadi. Birinchi bosqichda oilaviy poliklinikalar patranaj hamshiralari aholiga profilaktik ko‘riklar taklif qiladi, ommaviy skrininglar o‘tkaziladi va surunkali kasalliklarga ega bemorlar yetakchi mutaxassislar ko‘rigiga hamda yuqori texnologik tekshiruvlarga yo‘naltiriladi.

 

Ikkinchi bosqichda esa Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti klinikasida mobil va statsionar uskunalar yordamida chuqurlashtirilgan tekshiruvlar, selektiv skrininglar va qo‘shimcha instrumental ko‘riklar amalga oshiriladi.

 

Mazkur aksiya Qoraqalpog‘istonda aholining sog‘lig‘ini muhofaza qilish yo‘nalishida ilk bor o‘tkazilayotgan eng yirik va keng qamrovli tashabbus hisoblanadi. U aholida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, to‘g‘ri ovqatlanish madaniyatini shakllantirish hamda o‘z salomatligiga mas’uliyat hissini kuchaytirishga xizmat qiladi.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Qoraqalpog‘istonda ilk bor “Salomatlik marafoni” o‘tkazilmoqda | Zamon.uz