Jahon

Qirg‘izistonda o‘lim jazosi qayta tiklanishi mumkin

Sadir Japarov og‘ir jinoyatlar uchun qonunchilikka o‘zgartirish kiritish bo‘yicha topshiriq berdi.

Qirg‘izistonda o‘lim jazosi qayta tiklanishi mumkin

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov mamlakatda ayollar va bolalarga qarshi sodir etilgan o‘ta og‘ir jinoyatlar uchun o‘lim jazosini joriy etishga doir qonun loyihasi ishlab chiqilishini topshirdi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Askat Alagozov o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.

 

Unga ko‘ra, Prezident Administratsiyasi Huquqiy ta’minlash bo‘limi mudiriga bolalarni zo‘rlash, ayollarni zo‘rlash va o‘ldirish jinoyatlari uchun eng og‘ir jazoni nazarda tutuvchi qonunchilikka o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha topshiriq berilgan.

 

Mazkur qaror Issiqko‘l viloyatida 17 yoshli qizning o‘ldirilishi ortidan qabul qilingan. Aniqlanishicha, jinoyatni ilgari sudlangan erkak sodir etgan bo‘lib, u hozirda qo‘lga olingan.

 

Ma’lumot uchun, Qirg‘izistonda o‘lim jazosiga moratoriy 1998-yildan buyon amal qilib kelmoqda. 2007-yilda ushbu jazo rasman bekor qilingan va 2010-yilda mamlakat BMTning o‘lim jazosini bekor qilishga qaratilgan Ikkinchi Fakultativ Protokoliga qo‘shilgan.

 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Qirg‘izistonda o‘lim jazosi qayta tiklanishi mumkin | Zamon.uz