O'zbekiston

Samarqandda yigit qizni mashinaga solib olib ketmoqchi bo‘ldimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoga viloyat IIB izoh berdi

Samarqandda yigit qizni mashinaga solib olib ketmoqchi bo‘ldimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqandda bir erkak ikki nafar qizni mashinasiga majburlab o‘tqazishga uringani aks etgan video tarqalgandi. Holat yuzasidan Samarqand viloyati IIB axborot xizmati munosabat bildirdi.

 

Qayd etilishicha, voqea 1 oktyabr kuni soat 16:00 larda Samarqand shahar A.Temur mahallasi hududida yuz bergan. Unda 2002 yilda tug‘ilgan fuqaro M.I. o‘ziga tanish bo‘lgan fuqaro ayol bilan sayr qilib yurgan vaqtida ular o‘rtasida o‘zaro kelishmovchilik kelib chiqqan.

 

Fuqaro M.I. mazkur kelishmovchilikni hal qilish maqsadida ayolga avtomashinaga o‘tirishni taklif qilgan, biroq fuqaro ayol bunga rozi bo‘lmagach, uni majburan avtomashinaga o‘tqazishga uringan.

 

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruvlar davomida fuqaro ayol mazkur holat bo‘yicha yigitga nisbatan daʼvosi yo‘qligini maʼlum qilgan.

 

Holat yuzasidan fuqaro erkakka nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 183-moddasi (mayda bezorilik) asosida hujjatlar rasmiylashtirilib, qonuniy qaror qabul qilish uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudiga yuborilgan.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Samarqandda yigit qizni mashinaga solib olib ketmoqchi bo‘ldimi? | Zamon.uz