O'zbekiston

Toshkentda fuqaro IIO xodimiga 10 ming dollar pora berdi

Jinoyat qidiruv xodimi porani rad etgan, fuqaro ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda fuqaro IIO xodimiga 10 ming dollar pora berdi

Toshkent shahrida jinoyat qidiruv vakiliga katta miqdorda pora taklif qilgan fuqaro qo‘lga olindi. Bu haqda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi ma’lum qildi.

 

Ma’lum qilinishicha, Shayxontohur tumani IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir chog‘ida giyohvandlik vositalarini noqonuniy saqlab kelayotgan shaxs aniqlangan. Gumonlanuvchi holat yuzasidan choralar ko‘rilmasligini so‘rab, jinoyat qidiruv xodimiga 10 ming AQSh dollari miqdorida pora taklif qilgan.

 

Huquqni muhofaza qiluvchi xodim qonunga xilof harakatlarga rozilik bildirmagan va darhol rahbariyatga xabar qilgan. Shundan so‘ng, IIV hamda prokuratura vakillari ishtirokida o‘tkazilgan maxsus tadbirda fuqaro porani bergan vaqtida ushlangan.

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 211-moddasi (“Pora berish”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Shuningdek, IIBB ma’lumotiga ko‘ra, joriy yil boshidan buyon mamlakatda 117 nafar fuqaro IIO xodimlariga pora taklif qilgan vaqtida ushlangan. Toshkent shahrida esa “Dolzarb 20 kunlik” tezkor-profilaktik tadbirlari davomida 270 ta jinoyat fosh etilib, 4,5 kilogrammdan ortiq giyohvandlik moddalarining noqonuniy muomalasiga chek qo‘yilgan.

 

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.